IMTIHON

IMTIHON — oʻquvchi va talabalar bilimini tekshirish usullaridan biri. Imtihonlar davlat imtihoni, kirish, sinfdan sinfga (kuredan kurega) koʻchirish, tanlov I. va b. turlarga boʻlinadi. Dastlab Xitoyda Xan sulolasi xukmronligi davri (mil. av. 206 — mil. 220-y.) da paydo boʻlgan. Imtihon oʻqimishli kishilar orasidan amaldor buladiganlarni ajratib olish zaruriyatidan kelib chiqqan. Amal talabgorlari Konfutsiy ki-toblari buyicha bilimdonliklarini kursatuvchi davlat Imtihonni topshirish va ilmiy daraja olishlari zarur boʻlgan. Oʻrta asrdan Yevropa un-tlarida bakalavr yoki magistrlik darajasini olish daʼvogarlarining bilimini sinash uchun kiritilgan. 19-a. boshlariga kelib, Yevropaning barcha mamlakatlariga yoyildi.

Oʻzbekistondagi umumiy taʼlim maktablarida sinfdan sinfga kuchirish va bitirish Imtihon lari topshiriladi. Kuchirish Imtihonlari taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chikilgan va tegishli tashkilotlar tasdiklagan Nizomga muvofiq uqishning muayyan bosqichida olinadi. Bitirish Imtihonlari esa, taʼlim tizimining biror bugʻinida oʻqiyotgan oʻquvchi tomonidan oʻquv yurtini tugatish paytida topshiriladi. Bitirish Imtihon larini Imtihon komissiyalari qabul qiladilar. Imtihon larning kaysi fanlardan topshirilishi, qachon, qay tarzda oʻtkazilishi muayyan huquqiy hujjatlar orqali belgilanadi. Imtihonda yozma ish mavzulari va ogʻzaki Imtihon savollari taʼlim tizimi faoliyatini tashkil etuvchi va yoʻnaltiruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. Maktablarda Imtihonga koʻyilgan yillik va Imtihon baholaridan pedagogik jamoa yakuniy baho chiqaradi. Bu baho oʻrta maktabni tugatganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga koʻyiladi.

Oliy, oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish uchun tanlov asosida kirish Imtihonlari oʻtkaziladi. OʻzRda 1992-y. dan kirish Imtihon larini olish test yoʻli bilan amalga oshirilmoqda. Oliy maktab talabalari hamda akademik litsey va kollejlarning oʻquvchilari har bir semestr yoki kurs oxirida Imtihon topshiradilar. Ularni bitiruvchilar esa davlat imtihoni topshiradilar. Oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichida davlat Imtihonlari bilan birga bitiruv ishi ham himoya qilinadi. Ijodiy yondashuv va alohida tayyorgarlik talab etiladigan oliy maktablarda kushimcha Imtihon joriy etiladi. Milliy taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarida reyting joriy etilishi munosabati bilan oliy ukuv yurtlaridagi kuredan kurega koʻchirish imtihonlarida jiddiy oʻzgarish sodir buldi. Reyting usuli talabalarni yil davomida uzluksiz shugʻullanishga va bilim asoslarini puxtaroq egallashga olib keladi.


Lotin alifbosida maqola: IMTIHON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
DAVLAT NAV SINASH TARMOGʻI
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты