INVERTOR

INVERTOR (lot. inverto — agʻdaraman, oʻzgartiraman) — 1) elektrotexnikada — oʻzgarmas elektr tokini bir yoki koʻp fazali oʻzgaruvchan tokka oʻzgartiruvchi boshqariladigan elektr ventilli qurilma. Bogʻlik, (mustaqilmas) va mustaqil xillari bor. Bogʻliq Invertorda tok chastotasi elektr tarmogʻining tok chastotasi bilan aniqlanadi; musta-qil Invertorda tok chastotasi Invertor bilan nagruzkaning elektr zanjirlarini boshqarish rejimlari va parametrlariga boglis buladi (rasm). I. yuqori voltli oʻzgarmas tok elektr uzatish liniyalarida, induksion pechlarda, elektr bilan tortish qurilmalari va b. da qoʻllaniladi; 2)radiotexnikada — radioqurilma kirishidagi elektr signalining amplitudasi, qutbliligi va fazasi chiqishidagi shu parametrlarga Karaganda teskari oʻzgaradigan elektr zanjiri yoki elektron qurilma;

3) qisoblash texnikasida — elementar mantiqiy operatsiya — «yoʻq»ni aniqlaydigan elektron qurilma. Potensial va impulsli xillari bor. Potensial Invertor qurilma kirishida kuchlanish sathi yuqori boʻlganda chiqishida past boʻlishini taʼminlaydi va aksincha. Impulsli Invertor impulsli signallarni oʻzgartirib beradi. Analog hisoblash mashinalarida Invertor kirish signali qutbliligini teskari qutblikka oʻzgartirib beradi.


Lotin alifbosida maqola: INVERTOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ELEKTR TOKINI UZATISH
VENTILLI UZGARTIRGICH
ELEMENTAR ZARRALAR
YER
Ilhom Farmonov - Onajoning rozi qil


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты