HIND YOZUVI

HIND YOZUVI — Jan. va Jan.Sharqiy Osiyoda tarqalgan, kelib chiqishidagi umumiylik va alifbolari tuzilishidagi yagona (fonetik) tamoyilga koʻra oʻzaro bogʻliq koʻplab yozuvlar guruhi. Hind yozuvi koʻrinishlari Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Nepal va Shri Lankaning oʻzidan tashqari ularga qoʻshni hududlarda — Tibet va Markaziy Osiyoda, Birmada, Hindixitoy yarim oroli hamda Indoneziyada ham tarqalgan. Hind yozuvi ningasosan mil. 1-ming yillikda Hindistonga chegaradosh mamlakatlarga kirib kelishi bu hududlarga budda dini va adabiyotining tarqalishi bilan bogʻliq. Hind yozuvining koʻrinishlari soni 20— 30 ta oraligʻida boʻlib, jadvalda ularning baʼzi muhimlari-gina koʻrsatildi.

Hindistonda yozuv kamida 5 ming yillik tarixga ega. Dastlab oʻqilgan yodgorliklar (mil. av. 3-a. ga mansub) keyingi yozuvlar uchun asos boʻlgan boʻgʻinli brahmi yozuvida bitilgan boʻlib, bu yozuv chapdan oʻngga qarab yozilgan. Hindistonning shim.-gʻarbida mil. av. 3-a. dan mil. 5-a. gacha brahmi bilan bir qatorda kharoʻshthi yozuvi ham mavjud boʻlgan, lekin keyinchalik sekin-asta brahmi tomonidan siqib chiqarilgan. Brahmi yozuvining ilk yodgorliklaridayoq uning mahalliy koʻrinishlari ajrala boshlaydi. keyinchalik ular asosida Hind yozuvining 3 asosiy; shim., jan. va jan.-sharqiy tarmogʻi shakllanadi.

Alifbo harflari qatʼiy vertikal va gorizontal chiziqlardan burchak hosil qilib yoziladigan shim. tarmoqqa quyidagi yozuvlar kiradi:

1) 6—10-a. larda Markaziy Osiyoda sanskrit, sak va b. tillardagi matnlarni yozish uchun qoʻllangan gupta yozuvi;

2) 7-a. dan hoz. gacha bir necha koʻrinishda ishla-tilgan tibet yozuvi,3) 7—8-a. larda shakllangan va 10—11-a. lardagi qoʻlyozmalarda qayd etilgan n a g a r i yozuvi; uning keyingi davrdagi shakli — devanagari Shim. Hindistondagi asosiy yozuvga aylanadi, hindiy, marathiy va b. tillarda, sanskritcha matnlarni yozish va nashr etishda qoʻllanadi;

4) 8-a. dan Kashmirda ishlatiladigan sharada yozuvi;

5) 12-a. dan Nepalda qoʻllangan va hoz. kunlarda devanagari tomonidan siqib chiqarilayotgan nevari yozuvi;

6) 15-a. da shakllangan va bengal, assom, sanskrit tillarida qoʻllanadigan b ye n – gal yozuvi;

7) boshqa alifbolardan harflar ustidagi gorizontal chiziq oʻrniga yoy shakli qoʻllanishi bilan farq qiladigan o r i ya yozuvi;

8) nagarining kursiv shaklidan kelib chiq-qan va harflar ustida chiziqning yoʻqligi bilan ajralib turadigan gu-jarot yozuvi;

9) 16-a. da sikhlar tomonidan joriy etilgan panjob yozuvi — gurmukhi. Bulardan tashqari, turli yozishmalarda, savdo va ish yuritish sohalarida ishlatiladigan kaythiy (hindiy tili tarqalgan joylarda), mahajaniy (Rajasthan shtatida va shu yerdan chiqqan savdogarlar orasida); landa (Sind va Pan-jobda), moʻdiy (Maharashtrada) va b. yozuv turlari mavjud.

Hind yozuvining jan. tarmogiga 5—6-a. dan shakllangan, biroq qoʻlyozmalarda 16-a. dan boshlab qayd etilgan grantha yozuvi (sanskritcha matnlarni yozish uchun qoʻllangan) hamda jan. Hindistondagi zamonaviy 4 adabiy til — kannada, telugu, malayalam va tamil tillaridagi matnlarni yozishda qoʻllanadigan alifbolar kiradi. Bu tarmoqdagi yozuvlar harflarning du-maloq shaklda yozilishi bilan ajralib turadi.

Hind yozuvining jan.-sharqiy tarmogi Hindistondan tashqarida va asosan qad . – pali yozuvi asosida shakllangan sin-gal, kxmer, laos, tay yozuvlarini, shuningdek, Hindixitoy va Indone-ziyadagi eski yozuvlarni qamrab oladi.

Mazkur yozuvlarning shakli shamoyilidagi oʻxshashlik ular qoʻllanadigan tillarning fonologik jihatdan oʻxshashligini anglatmaydi. Mas, devanagari yozuvi qindiy tiliga nis-batan harf-tovush yozuvi hisoblansa-da, boshqa koʻpchilik tillarda fonema va grafema oʻrtasidagi nisbatning u yoki bu darajada buzilganligi kuzatiladi.


Lotin alifbosida maqola: HIND YOZUVI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
XITOY
POKISTON
NEPAL
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты