INDONEZLAR

INDONEZLAR — Indoneziyaning aholisi; tili, madaniyati va turmushi jixatdan qardosh xalqlardan tashkil topgan. Mamlakat aholisining 96% ni indonez tilit soʻzlashuvchi Indonezlar tashkil qiladi. Dindorlari — asosan, musulmonlar. Keng maʼnoda «Indonezlar» istilohi Indoneziyaning barcha fuqarolarini anglatadi. Mamlakatdagi xalqlarning umumiy soni — 230 mln. ga yaqin. Ular orasida yavanlar, sundanlar, madurlar, malayyalar, rejang-lamponglar, minangkabaular, bataklar, achinlar, ma-kassarlar, dayaklar va b. bor.

16-a. da Indonezlar Portugaliya mustamlaka zulmi ostiga tushib qolganlar, keyinchalik Gollandiyaga qaram boʻlganlar. 19-a. oxiri — 20-a. da hoz. millatlar shakllana boshlangan. Indonezlar madaniyati rangbarangligi bilan ajralib turadi, shu bilan birga ham genetik, ham koʻp asrlik ichki va tashqi aloqalar natijasida koʻpgina umumiy xususiyatlarga ham ega. Indonezlarning tarixi, iqtisodi va madaniyati haqida Indoneziya maqolasiga qarang.


Lotin alifbosida maqola: INDONEZLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INDONEZIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA
ALISHER NAVOIY
AHOLI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты