HIND-YEVROPA TILLARI

HIND-YEVROPA TILLARI — Evrosiyoda mavjud boʻlgan, keyingi bep! asr mobaynida esa Shim. va Jan. Amerika, Avstraliya, qisman Afrikada ham tarqalgan yiriktil oilalaridan biri. Qiyosiy-tarixiy mstod. shunga muvofiq ravishda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik ham keyinchalik hind-yevropa tillari deb atalgan bir qancha tillarni oʻrganish asosida paydo boʻlgan. Shu sababli ham H.-ye. t. genetik aloqalariga koʻra tillarning alohida birlashish shakli sifatida faraz qilingan dastlabki til oilasi hisoblanadi. Odatda fanda boshqa til oilalarini ajratish, belgilash bevosita yoki bilvosita H.-ye. t. ni oʻrganish tajribasiga tayanadi. Shuningdek, boshqa til guruhlari uchun qiyosiy-tarixiy grammatika va (etimo-logik) lugʻatlar tuzishda ham H.-ye. t. uchun tuzilgan ana shunday ishlar tajribasi hisobga olinadi.

H.-ye. t. ning tarkibi quyidagilardan iborat: I) xett-luviy yoki anatoliy guruhi (Kichik Osiyo-da) 2 xilma-xil xronologik davrga mansub bir qancha tillarni qamrab oladi. Bular: mil. av 18—13-a. lardagi mixxatl\\ xett yoki nesit (ilk yodgorligi — xett podshosi Anittasning bitiklari, keyinroq — diniy maro-sim, mifologik, tarixiy, siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, epik va b. maz-mundagi matnlar), mixxatli luviy, palay tillari; oraliq davr deb hisoblanuvchi mil. av. 9—8-a. lardagi iyerog-lifik xett tili; mil. av. 7—3-a. larda (antik davrda) mavjud boʻlgan likiy, lidiy, kariy, sidet va b. qad. tillar-dir. 19-a. oxirlari va 20-a. da xett-luviy tillari materiallarining oʻrga-nilishi qadimgi H.-ye. t. ning tipi haqidagi tasavvurlarga ham, hindev-ropa bobo tilining qurilishi qanday boʻlganligi haqidagi tushunchaga ham juda katta oʻzgartirishlar kiritdi;

2) hind yoki hind-oriy gu-ruhi (Hindiston yarim orolining shim. qismi, Shri Lanka oroli) 3 davrga mansub tillardan iborat. Bular: qad. davrdagi veda tili (mil. av. 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida yaratilgan «Rigveda» gimnlar toʻplami), mumtoz, epik va budda variantlariga ega boʻlgan sanskrit tili; oʻrta davrga mansub prakritlar — oʻrta hind tillari: pali, payshachi, magad-hi, apabhransha va b. tillar; yangi davrga mansub hindiy, bihar, bengal, as-som, oriya. marathiy, singal, sindhi, lendi, panjobi, rajasthani, gujarot, khandeshi, paxari, nepal, pariya (yaqinda Oʻrta Osiyoda aniqlangan). loʻli (Hindistonning oʻzida bir necha shevalarga ega hamda jahon boʻylab bir qancha variantlarda tarqalib ketgan) tillari; 3) eroniy guruhdagi tillar ham 3 davrga mansub boʻlib, bular quyidagilardir: qad. davrdagi avesto (muqaddas matnlar toʻplami «Avesto» yodgorligi tili), qad. fors (axomaniylar davridagi, mil. av. 6 — 4-a. larga mansub mixxat yozuvlari tili), midiy, skif tillari; oʻrta eroniy davr (mil. av. 4—3-a. lar — mil. 8—9-a. lar) ga mansub oʻrta fors (yoki pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazmiy, baqtriya, alan tillari; yangi eroniy davr tillari esa fors (forsiy, for-siyi dari), tojik, pushtu (pashtoʻ, afgʻon), yozuvga ega boʻlmagan luriy va baxtiyoriy lahjalari, baluj (baluch), tot, tolish, gilon va mozandaron, Markaziy va Gʻarbiy Eron lahjalari, parachi, ormuri, qumzori, munjon, yagʻnob, osetin tillari, shuningdek, koʻplab pomir tillari; 4)toxar gu-ruhi «toxar A» (sharqiy toxar yoki turfon) va «toxar B» (garbiy toxar yoki kuchan) tillaridan iborat;

5) arman tilit qad. (mil. 5—11a. lar), oʻrta (12—16-a. lar) va yangi (17-a. dan) arman tili oʻzaro farqlanadi;

6) fri-giy tili (Kichik Osiyoning gʻarbiy qismi) mil. av. 8—3-a. larga mansub qad. frigiy bitiklaridan maʼlum oʻlik til; 7) frakiy tili (Bolqonning sharqiy qismi va Kichik Osiyoning shim.-gʻarbida) — mil. av. 6—5-a. larga mansub bir qancha bitiklardan maʼlum oʻlik til;

8) illiriy guruhi (Bolqonning gʻarbiy qismi va qisman Italiyaning jan.-sharqida) mil. av. 6 — 1-a. larga mansub, bir qancha lugaviy birliklar, shaxs va joy nomini bildiruvchi soʻzlarda saqlanib qolgan oʻlik illiriy va messap tillaridan iborat;

9) alban tili mil. 15-a. ga mansub yozma yodgorliklardan boshlab maʼlum; 10) venet tili (Italiyaning shim.-sharqi-da) mil. av. 6—1-a. larga mansub 250 dan ortiq bitiklar orqali maʼlum boʻlgan oʻlik til; II) yunon (grek) gu-ruhi asl yunon (qad. grek. — mil. av. 15 — 11-a. lar), Gomer dostonlari tili (mil. av. 10—9-a. lar), oʻrta grek tili (mil. 1 —15-a. lar) kabi oʻlik tillarni hamda yangi, zamonaviy grek tilini qamrab oladi; 12) italiy guruhi (Apennin yarim orolida) qad. davrdagi lotin tilini (dastlab Rim shevasi maqomida boʻlib, keyinchalik butun Italiyaga, Yevropaning katta qismiga, Shim. Afrikaga tarqalgan, mil. av. 6-a. ga mansub bitiklardan maʼlum oʻlik til), osk, falisk, umbr, sikul tillarini hamda yangi davrdagi roman tillarinn qamrab oladi; roman guru\i fransuz, oksitan (provansal), ispan, katalan, gali-si(ya), portugal, italyan, sard, reto-roman, rumin, moldovan, arumin (aromun) va 19-a. dan oʻlik hisoblanadigan dalmatin tillaridan iborat.

Roman tillari asosida esperanto kabi xalqaro sunʼiy tillar paydo boʻlgan; 13) kelt guruhi (Gʻarbiy Yevro-paning chekka qismi — Irlandiya va Shotlandiyadan Pireney yarim oroligacha boʻlgan hududda) 3 guruhchaga (gall, britt, goydel) boʻlinadi. Bu guruhga gall (oʻlik), uels, breton, korn (oʻlik), irland, shotland (gel), kelt, keltiber, men (oʻlik) va b. tillar kiradi; 14) german guruhi oʻz navbatida 3 guruhchaga boʻlinadi: sharqiy german [oʻlik tillar — got (mil. 4-a. dan maʼlum), vandal, burgund va b. [, gʻarbiy german [yuqori nemis, nemis, itsish (yangi yahudiy). quyi nemis, niderland (golland), fla-mand, afrikaans (bur), qad. ingliz (oʻlik), ingliz, friz tillari] va shim. german [island, dan (dat), shved, norveg (bir-biridan farqlanuvchi 2 adabiy shakli bor), farer tillari] gu-ruhchalari; 15) boltiq guruhi odatda gʻarbiy boltiq |prus, yatvyaj (sudav), galind (golyad), shalav kabi oʻlik tillar| va sharqiy boltiq (lit-va, latish — jonli tillar, kursh, selon — oʻlik tillar) guruhchalariga ajraladi; 16) slavyan guruhi ham oʻz navbatida 3 guruhchaga boʻlinadi: jan. slavyan |eski slavyan (10 — 11-a. yodgorliklaridan maʼlum oʻlik til) va jonli tillar: bolgar, makedon, serbxorvat, sloven tillari|, gʻarbiy sla-vyan (chex, slovak, polyak, kashub kabi jonli tillar hamda oʻlik polab tili va b. bir qancha lahjalar) va sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus tillari) guruhchalari.

Shubhasiz, yuqoridagilardan boshqa H.-ye. t. ham mavjud boʻlgan. Ularning baʼzilari izsiz yoʻqolib, «oʻlib» ketganlar, baʼzilari esa u yoki bu dara-jada toponimika materiallarida hamda substrat soʻzlarda saqlanib qolgan. Yana boshqa bir tillarning (mas. etrusk tili) esa H.-ye. t. ga mansubligi masalasi hanuzgacha hal etilmagan.

H.-ye. t. ning davr va makon qamrovi juda ulkan: davr nuqtayi nazaridan H.ye. t. mavjudligi mil. av. 2-ming yillik avvalidan boshlansa, makon nuqtayi nazaridan esa gʻarbda Atlantika okeani qirgʻoqlaridan sharqda Markaziy Osiyogacha, shim. da Skandinaviyadan jan. da Urta dengizgacha boʻlgan ulkan hududda mavjud boʻlgan; keyingi 500 yil ichida ingliz, ispan, fransuz, portugal, niderland, rus kabi yangi H.-ye. t. ning keng tarqalishi, yoyilishi bu tillarning barcha qitʼalarda paydo boʻlishiga, asosiy yoki ikkin-chi, yordamchi til sifatida qoʻllana boshlashiga sabab boʻldi. H.-ye. t. ning tarqalishida tabiiy-tarixiy tarzda yoki mustamlakachilik siyosati tufayli roʻy bergan aholi (xalklar, elatlar) migratsiyasi ham katta rol oʻynagan.

H.-ye. t. tarmogʻining dialektal boʻlinishi xususiyatlaridan biri sifatida hind-oriy tillari bilan eroniy tillarning, boltiq tillari bilan slavyan tillarining juda yaqinligini, italiy va kelt tillarining esa bir qadar yaqinligini koʻrsatish mumkin. Bunday yaqinlik va oʻxshashliklar boshqa til guruhlarida ham kuzatiladi.

Hind-yevropa tilshunosligi tarixining bir yarim asrdan koʻproq davri mobaynida H.-ye. t. ning tarkibi haqidagi tushuncha odatda tillarning koʻpayib borishi tomon oʻzgargani kabi (mas, H.-ye. t. ning dastlabki yadrosi, oʻrganilish obyekti sanskrit, yunon, lotin, german tillari boʻlgan boʻlsa, keyinchapik bu doira kelt, boltiq, slavyan tillari, alban va arman tillari, 20-a. da esa xett-luviy va toxar tillari hisobiga kengaydi), bu tushuncha hozir ham unchalik barqaror emas, chunki hali chuqur oʻrganilmagan, toʻla oʻqish imkoni boʻlmagan tillar anchagina. Rus olimi V. M. Illich-Svitich tomonidan H.ye. t. ning yanada qadimiyroq qarindoshlik aloqalari haqidagi nazariya ilgari surilgan. Unga koʻra, H.-ye. t. ning «nostratik» deb ataluvchi va som-hom (afroosiyo), ural, oltoy, dravid va kartvel singari yirik til oilalarini qamrab oluvchi ulkan oila bilan qarindoshlik aloqalari bir qator fo-netik va qisman morfologik moslik (oʻxshashlik)lar bilan isbotlangan. H.-ye. t-. ni oʻrganish, birinchidan, qiyosiy-tarixiy metodnnng kelib chiqishiga va qiyosiy-tarixiy tilshunosliknnng paydo boʻlishiga, ikkinchidan, bu sohaning qiyosiy-tarixiy tilshunoslikdagi alohida bir boʻlim — hindevropashunoslik tarzida shakllanishiga sabab boʻldi.

LL. Meye A., Vvedsniye v sravnitslnoye izuchenis indoyevropeyskix yaznkov, psr. s angl., M.-L., 1938,Porsig V., Chleneniye indo-yevropeyskoy yaznkovoy oblasti, per. s nsm., M., 1964; Ivanov V. V., Obsheindoyevro-peyskaya, praslavyanskaya i anatoliyskaya yazm-kovms sintezm, M., 1965; Il l i ch-S vitmch V. M.. Opnt sravneniya nostraticheskix yazn-kov. Sravnitelnny slovar [t. 1—3|, M., 1971—84; Yazmki Azii i Afriki, t. 1—2. In-doyevropeyskiye yaznki, M., 1976—78; Gamk-relidze T. V., Ivanov V. V., Indo-yevropeyskiy yaznk i indoyevropeysn. Rekon-struksiya i istoriko-tiiologicheskiy analiz prayazmka i protokulturn, kn. 1—2, Tbilisi, 1984; Sravnitslnoye yazmkoznaniye i istoriya yazmkov. L., 1984.

Abduvahob Madvaliyev, Ilhom Madrahimov, Oʻroq Lafasov.


Lotin alifbosida maqola: HIND-YEVROPA TILLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
BUYUK BRITANIYA
IBN SINO
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты