INJIL

INJIL, Yevangeliya (yun. euangelion — xushxabar) — Iisus Xristos (Iso Masih) haqida hikoya qiluvchi xristianlik asarlarining umumiy nomi. Bibliyaning bir qismi. Yahudiylarning Qadimgi ahdchaan farq qilish uchun Injil Yangi ahd deb nomlangan. Qonunlashtirilgan (cherkov tomonidan «Yangi ahd» tarkibiga kiritilgan) va qonunlashtirilmagan (ibodat chogʻida qoʻllanilmaydigan) asarlarga boʻlinadi. Yunon tilida yaratilgan. 2-a. lardan boshlab yuz yilliklar davomida tarkib topa borgan. 4-a. boshida yaxlit holga kelgan va cherkov tomonidan xristianlarning muqaddas kitobi, deb eʼlon qilingan. Asosiy qismi apostollardan Matfey, Mark, Luka va Ioanning Iisus hayoti va taʼlimoti yoritilgan Injil lardan iborat. Injil larda Iisus siy-mosida insonlar uzok, kutgan va ularga najot yoʻlini koʻrsatib bergan messiya (masiho) ning dunyoga kelishi, oʻz liniy qarashlarini targʻib etishi, koʻrsatgan moʻjizalari, odam zotining gunohlarini yuvish uchun chekkan uqubatlari, xiyonat tufayli ayblanib, chor-mix qilinishi va soʻng qayta tirilishi haqidagi rivoyat hamda xotiralar keltirilgan. Ayrim rivoyatlarda Iisus inson va masih sifatida talqin qilinsa, boshqalarida inson qiyofasidagi Xudo, tirilgandan soʻng esa ota-Xudo huzuriga qaytib borgan oʻgʻil-Xudo deb taʼkidlanadi. Injilda uning tarji-mai holiga oid voqealar bilan yonma-yon paygʻambarona hikmatli soʻzlari, ib-ratomuz masallari kjsak badiiy us-lubda bayon etiladi. Shuningdek, 2 ulugʻ apostol — Petr va Pavelning yahudiylar va majusiylar orasida dinni yoyish maqsadida amalga oshirgan ishlari, koʻrgan mashaqqatlari toʻgʻrisidagi hikoyalar, Qad. Rimdagi ayrim yirik shaharlarning fuqarolariga, diniy jamoalarning peshvolariga yoʻllangan maktublari va b. oʻrin olgan. Falastin va ellinlar diyorida Injilning tarqala borishi, Rim imperatori Neron zamonida xristianlarning quvgʻunga uchrashi kabi tarixiy voqealar ham oʻz aksini topgan.

Qurʼoni karimda Injil ilohiy kitoblar sirasiga kiritiladi va Alloh Iso Masihga yoʻllagan kitob, deb taʼriflanadi. Qurʼonga koʻra, Injilda Muhammad (as) ning tugʻilishi bashorat qilingan, ammo xristianlar Injilning asl matnini buzishgan.

Injil Gʻarb maʼnaviyati va madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan, jahonda eng koʻp tarqalgan va tarjima qilingan asarlar sirasiga kiradi. Injilning ilk bosma nashrlari kardinal Xime-nes (1514), Rotterdamlik Erazm (1516), aka-uka Elzevirlar (1546) tomonidan tayyorlanib, chop etilgan. Oʻzbek tilidagi toʻliq nashri kirill yozuvida 1992-y. da soʻzboshi, lugʻat, jadval va rangli suratlar bilan birga Bibliyani tarjima qilish in-ti (Stokgolm) tomonidan chiqarilgan (tarjimon — Ibrohim Abayev).


Lotin alifbosida maqola: INJIL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YUNONISTON
YER
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты