INSEKTITSIDLAR

INSEKTITSIDLAR (lot. insectum qasharot va caedo — oʻldiraman) — zararkunanda hasharotlarni yoʻqotish uchun ishlatiladigan kimyoviy moddalar. Insektitsidlar yordamida zararkunanda, shuningdek, yuqumli kasalliklar tarqatuvchi hasharotlarga qarshi kurash olib boriladi. Sirtdan (hasharot tashqi qop-lami orqali singadi), nafas olish yoʻllari orqali, ichdan (ozuqa bilan birga oshqozon ichak aʼzolariga kiradi), singib taʼsir qiluvchi (oʻsimlik toʻqi-malariga ildiz va bargdan singuvchi) turlari bor. Koʻpgina Insektitsidlar ham sirtdan, ham ichdan taʼsir etish xususiyatiga ega. Ichdan taʼsir qiluvchi Insektitsidlar zararkunandalarning yegan ovqati bilan oshqozonga tushib, ularni oʻldiradi; nafas yoʻllari orqali taʼsir qiluvchi Insektitsidlar hasharot tanasiga nafas yoʻlidan, sirtdan (teri orqali) taʼsir qiluvchi Insektitsidlar esa terisidan kiradi. Baʼzi Insektitsidlar oʻsimlikka ildizi va bargi orqali kirib, uning shirasini hasharot uchun zaharli qilib qoʻyadi.

Kimyoviy tarkibiga koʻra anorganik va organik Insektitsidlarga boʻlinadi. Anorganik Insektitsidlarga turli xil metall birikmalari, shu jumladan keng ishlatiladigan oltingugurt preparatlari misol boʻladi. Insektitsidlarning katta guruhini yuqori fiziologik faollikka ega boʻlgan organik birikmalar tashkil etadi. U xlororganik, fosfororganik, kar-bamatli birikmalarga boʻlinadi. Insektitsidlar hoʻllanuvchi kukun (suvli suspenziya qilib purkash uchun), dust (ekinlariga changitish, urugʻni upalash uchun), emulsiya konsentratlari yoki emul-siyalanuvchi konsentrat (suvda suyultirib emulsiya holida purkash uchun), maxsus (oʻta kichik hajmda purkash uchun preparatlar, pasta, tutun shashkalari, aerozollar, fumigatsiya uchun va b.) hamda donadorlangan preparatlar (tuproqqa urugʻ bilan birga yoki nihol paydo boʻlgandan soʻng solish uchun) holida ishlab chiqariladi. Insektitsidlar taʼsir kuchi bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Ularning taʼsir kuchi darajasi koʻpgina omillarga, birinchi navbatda, birikmaning kimyoviy tarkibiga bogʻliq. Mac, tarkibida margimush, simob boʻlgan, shuningdek, xlororganik preparatlar strukturasi juda barqarorligi bilan ajralib turadi. Koʻpgina fosfororganik Insektitsidlar yorugʻlik, namlik va muhitning biologik omillari taʼsirida tez parchalanadi, shuning uchun ham bu preparatlar oʻsimliklar uchun xavfsizdir. Odam va is-siqqonli hayvonlarga taʼsiri jihatidan ham Insektitsidlar bir-biridan keskin farq qiladi. Insektitsidlarning zaharlilik darajasi oʻrtacha oʻlim dozasini (yaʼni sinovdagi hayvonlarning 50% nobud boʻlishi-ni) koʻrsatadigan OʻD50 belgisi bilan ifodalanadi. Qabul qilingan tasnif boʻyicha preparatlarning zaharlilik darajasi (sinovdagi hayvonlarga ichdan taʼsir etganda) quyidagicha guruhlanadi: oʻta zaharli (OʻD50—50 mg/kg gacha), zahari kuchli (OʻD50—50—200 mg/ kg), oʻrtacha zaharli (OʻD50—200—1000 mg/kg), zahari kuchsiz (OʻD50—1000 mg/ kg dan yuqori).

Dehqonchilikda Insektitsidlardan ekinlarni zararkunandalarni himoya qilishda keng foydalaniladi. Insektitsid preparatlarning taʼsir etuvchi moddasi tarzida foydalaniladigan kimyoviy moddalarning soni (jahon miqyosida) 300 dan ortiq, ularning preparat shakllari 5 mingga yaqin. K,, x. zararkunandalari — hasharotlarga qarshi kurash muammolarining jadal oʻrganilishi hamda samarasi yuqori va issiqqonli hayvonlar uchun xavfi kamroq yangi preparat va birikmalarning kashf etilishi tufayli Insektitsidlarning turxili doimo yangilanib bormoqda. Hoz. sharo-itlarda mishyak va ftorli noorganik Insektitsidlar qoʻllanilmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda xam ilgari ishlatib kelingan DDT va bir qancha xlororganik (polidofen, anabazin va nikotin sulfat kabi zahari kuchli) Insektitsidlarni endilikda q. x. da qoʻllash taqiqlangan. Ular oʻrniga zahari kuchsiz va oʻrtacha zaharli Insektitsidlar tav-siya etilgan, jumladan, fosfororganik birikmalarni qoʻllash tobora kengaymoqda. Keyingi yillarda q. x. da sarf meʼyori oz (1 ga maydonga 25—200 g) va zahari nisbatan kuchsiz boʻlgan sintetik piretroidlarlan koʻproqfoydalanilmoqda. Oʻzbekistonda 90-y. larning 2-yarmidan boshlab Gʻarbiy Yevro-padagi kimyo konsernlarida («Sibo Geyga», «Bayer» va b.) ishlab chiqarilgan Insektitsidlar koʻproqqoʻllaniladi. Oʻzbekistonda ularning vakolatxonalari ochilgan.

Insektitsidlar larning suv havzalariga tushishini, asalari va b. foydali hasharotlarning zaharlanishi, hayvon va oʻsimlik mahsulotlarida toʻplanishi va b. zararli taʼsirining oldini olish uchun ularni saqlash, qoʻllash, tashish qoidalariga qatʼiy amal qilish kerak (yana q. Pestitsidlar).

Sulton Alimuhamedov.


Lotin alifbosida maqola: INSEKTITSIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



PESTITSIDLAR
YER
TOSHKENT
KIMYO
OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты