HINDIXITOY GʻOʻZASI

HINDIXITOY GʻOʻZASI, daraxt gʻoʻza (Oozaursht agogeit .) — madaniy gʻoʻza turi. Genomi A2, xromoso-malar soni 2p=26. H. gʻ. ning yovvoyi shakllari Dekan (Hindiston yarim o.)da tarqalgan. Asosan, Hindistonda, qisman Afgʻoniston, Bangladesh, pokiston, Birma, Vyetnam, Xitoy, koreya, Yaponiyada ekiladi. Hindixitoy gʻoʻzasi kichikroq daraxt yoki buta boʻlib, tuk (kamdan-kam tuksiz) va qora smolali bezchalar bilan qoplangan. Tuklari siyrak qavatlar hosil qiladi (birinchisi – kalta va qalin, ikkinchisi — uzun). Poyasi yashil, turli intensivlikda — toʻq qizilgacha antotsian rang oladi. Madaniy navlarining oʻsuv shoxlari sust rivojlanadi, hosil shoxlari uzunligi oʻrtacha, 4—6 boʻgʻimli. Barglari oʻrtacha, qis-man yoki juda ker-tikli, 3—5—7 boʻlmali (keng yoki tor nashtarsimon). Yonbarglari mayda, toʻkilib ketadi. Gullari oʻrtacha; gulbargi oq, och sariq, limonrang, pushti, qizil, asosida yirik antotsian dogʻlari bor, baʼzan tashqi tomoni qorayib koʻrinadi. Gul tashqa-risida koʻpincha shira bezi boʻlmaydi, gul kosa ostidagi shira bezi qizil, uchburchak shaklida. Koʻsaklari tuxumsimon, dumaloq, kalta uchli, 4—5, baʼzan 3 chanoqli. Bitta koʻsakdagi paxta vazni 2 g dan 6 g gacha. Har bir chanogʻida 3—8 ta chigit bor. Chigiti tuklari oq, yashil yoki qoʻngʻir. Tolasi oq, malla yoki qoʻngʻir, dagʻal, kamdan-kam mayin. Hindixitoy gʻoʻzasi hindiston, ben-galiya, birma, nankin va b. bir qancha geografik xillarga boʻlinadi. Hindixitoy gʻoʻzasining tropik shakllari fotodavr oʻzgarishlariga juda taʼsirchan. Koʻpchilik shakllari bakteriozga chidamli (q. Bakterial kasalliklar), shira va oʻrgimchakkana bilan kam zararlanadi. Hindixitoy gʻoʻzasi mustahkam, «junsimon» tolali gʻoʻza navlari yaratishda genetik fond boʻlib xizmat qiladi. Abdumavlon Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: HINDIXITOY GʻOʻZASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HINDISTON
POKISTON
VYETNAM
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты