INTEGRAL HISOB

INTEGRAL HISOB — integrallar va ularning xossalarini, hisoblash usullarini, tatbiqlarini oʻrganuvchi matematika boʻlimi. Integral hisob taraqqiyoti va mazmuni differensial hisob taraqqiyoti va mazmuni bilan uzviy bogʻliq. Integral hisob differensial hisob bilan birga cheksiz kichik mikdorlar analizini (q. Matematik analiz) tashkil qiladi. 17-a. ga kelib, texnika va tabiiy fanlarning taraqqiyoti matematika oldiga juda koʻp yangi masalalarni, jumladan, murakkab geometrik shakldagi jismlarning yuzini, hajmini, ogʻirlik markazini hisoblash masalalarini qoʻydi. Bularni aniqlashning qadimgi eski usullari oʻrniga yangi va kuchli matematik usullar yaratish zaruriyati tugʻildi. Shu davrda Integral hisob vujudga keddi. Integral hisobning asosiy tushunchalari aniq va aniqmas integral tushunchalaridir. Integral hisobning turli tatbiklarida bu anikmas integrallarga mos aniq integrallarning ahamiyati katta boʻlgani uchun ular yaxshi oʻrganilgan va qiymatlari hisoblangan jadvallar tuzilgan.

Integral tushunchasi bir necha xaqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari uchun ham, kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari uchun ham aniqlangan va xossalari yaxshi oʻrganilgan.


Lotin alifbosida maqola: INTEGRAL HISOB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
TOSHKENT
YER
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты