INTERPOL

«INTERPOL» (interpol) — xalqaro jinoiy politsiya tashkilotining barcha tillar uchun qisqartirilgan umumiy nomi. 1923-y. Vena sh. (Avstriya)da asos solingan. Hoz. nomi manzilni qisqa qilib ifodalash tarzida 1-marta 1947-y. paydo boʻlgan. 1949-y. BMT unga rasmiy ravishda xalqaro hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilot maqomini berdi. «Interpol»ning amaldagi ustavi 1956-y. 13-iyunda kuchga kirdi. «Interpol» jinoyatchilarni roʻyxatga olish xalqaro markazi sifatida ish koʻradi, shuningdek, jino-yatchilarni (jinoyatlarda gumon qili-nuvchilarni; bedarak yoʻqolganlarni; oʻgʻirlangan boyliklarni) xalqaro mi-qyosda qidirish ishlarini muvofiqlashtiradi. 185 davlat (1998-y.), shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi «Interpol»ning aʼzosidir (1994-y. dan). OʻzR Ichki ishlar vazirligi tarkibida «Interpol»ning Oʻzbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi tuzilgan. «Interpol»ning oliy organlari — bosh assambleya, uning sessiyalari har yili chaqirib turiladi; ijrochi qoʻmita, unga «Interpol» prezidenti boshchilik qiladi; bosh kotibiyat, unga bosh kotib rahbarlik qiladi. «Interpol» 1946-y. dan «Xalqaro jinoiy politsiya umumlashtiruvchi maʼlumoti» jur. ni nashr etadi. «Interpol»ning doimiy qarorgohi Fransiya qilib belgilangan.


Lotin alifbosida maqola: INTERPOL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVSTRIYA
HINDISTON
INDONEZIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BUYUK BRITANIYA


Комментарии 1

shahrizoda
malumot uchun rahmat
31 января 2023 08:24

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты