HISOB STAVKASI

HISOB STAVKASI, hisob foi z i stavkasi, qayta moliyalashtirish stavkasi — markaziy banklarning tijorat banklari rezervlarini toʻldirish va ularning oʻz mijozlariga bank xizmatlari koʻrsatish uchun beradigan kreditlariga belgilaydigan foiz stavkasi; tijorat banklari Markaziy bankdan olgan kredit resurslari uchun toʻlaydigan \aq. Hisob stavkasi bozor mexanizmidagi gʻoyat muhim iqtisodiy vosita, davlatning pul siyosatida qoʻllaniladigan kuchli iqtisodiy dastak. H. s. pul bozoridagi talabga taʼsir koʻrsatishning asosiy vositasi hisoblanadi. Iqtisodiyotda oʻsishni tezlatish maqsadlarida Hisob stavkasi pasaytiriladi yoki aksincha iqtiso-dnyotda oʻsish jadallashib, tovarlarni sotish qiyinlashganda oʻsishni sekinlashtirish uchun Hisob stavkasi oshiriladi. Hisob stavkasiga pul bozoridagi talabdan tashq-ari kutiladigan inflyatsiya darajasi ham taʼsir koʻrsatadi. Inflyatsiyadan koʻriladigan yoʻqotish Hisob stavkasini oshirish orqali qoplanadi. Mas, meʼyordagi Hisob stavkasi 4% boʻlib, inflyatsiya 3% darajasida kutilsa, amaldagi Hisob stavkasi 7% ni tashkil etadi. Markaziy bankning Hisob stavkasi qancha yuqori boʻlsa tijorat banklari oʻzlari taqdim etadigan krsditlar uchun oladigan foizi shu qalar yuqori boʻladi. 2004-y. da Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob stavkasi iyulda 20% dan 18% gacha, dek. da 18% dan 16% gacha pasaytirildi va qayta moliyalashning yillik stavkasi 18,8% ni tashkil etdi (2003-y. da 27,1%, 2002-y. da 34,5%).

Alisher Vahobov.


Lotin alifbosida maqola: HISOB STAVKASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BANKLAR
BANK FOIZ STAVKASI
KREDIT
TOSHKENT
INFLYATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты