INTROSKOPIYA

INTROSKOPIYA (lot. intro — ichida va…skopil) — optik jihatdan no-shaffof jismlar va muhitlardagi, shuningdek, koʻrinmaydigan sharoitdagi hodisalar va jarayonlarni vizual (koʻrib) kuzatish. Gamma-rentgen I., infraqizil Introskopiya, ultratovush I., radiointroskopiya kabi xillarga boʻlinadi. Gamma-rentgen Introskopiya dahar qan-day kimyoviy tarkibdagi va t-radagi suyuq va qattiq jismlardan oʻtadigan gamma va rentgen nurlaridan foydalaniladi. Bunday Introskopiya yordamida noshaf-fof materiallardagi juda mayda zarralarni ham tekshirish mumkin. Infraqizil Introskopiya moddalarning infraqizil nurlarni yutishi va qaytarishi xossasiga asoslangan. Koʻzga koʻrinmas infraqizil tasvirlar optik vositalar yordamida koʻrinadigan tasvirlarga aylantiriladi. Ultratovush Introskopiya ultratovushning metall, plastmassa, tirik toʻqima, qurilish materiallari va optik jihatdan noshaffof suyuqlik orqali oʻtishiga asoslangan. Radiointroskopiya da uzunligi mm ulushidan bir necha m gacha boʻlgan elektromagnit toʻlqinlardan foydalaniladi. Radiointroskopiya togʻ jinslari va muzliklar ichini «koʻrishga», yer sirti radionurlari, budut qoplami xarita-sini tuzishga imkon beradi. Magnit yoki elektr maydonlarining tarqali-shini bevosita kuzatish usuli magnit-optika hodisalariga asoslanadi. Introskopiyaning sanoat mahsulotlari va ma-teriallarni buzmasdan tekshirish uchun moʻljallangan baʼzi usullari va vosi-talari defektoskopiya usullari va vo-sitalariga oʻxshaydi. Introskopiya buyumlar, muhitlar, jismlar xossalarining berilgan koʻrsatkichlardan farq qilishqilmasligini aniqlashga, obyektlarni suv ostida, tuman paytlarida, togʻ jinslari ichida tekshirishga imkon beradi.


Lotin alifbosida maqola: INTROSKOPIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
INFRAQIZIL NURLANISH
The Wiggles - Day-O (Aka The Banana Boat Song)
KIMYO
RENTGEN NURLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты