INFORMATSIYA NAZARIYASI

INFORMATSIYA NAZARIYASI — informatsiya (axborot, maʼlumot, xabar) ni toʻplash, saqdash, qayta ishlash va tarqatish usullarini tadkiq qiladigan fan sohasi; kibernetikannt asosiy qismlaridan biri. Informatsiya nazariyasiga 1948—49 y. larda amerikalik olim K. Shennon asos solgan. Keyinchalik dunyoning boshqa yirik olimlari Informatsiya nazariyasini rivojlantirishgan. Informatsiya nazariyasida tadkikrtlarning muhim vazifalaridan biri informatsiyani tarqatishning eng maqbul (optimal) usullarini topishdan iborat. Bunda asosiy koʻrsatkich informatsiyani tarqatish ishonchliligi va tezligi hamda shular b-n bogʻliq ravishda erishiladigan sifatning nazariy chegarasini aniqlash hisoblanadi. Informatsiya nazariyasi statistik mohiyatga ega, shuning uchun undagi matematik usullarning koʻpchiligi ehtimollar nazariyasita suyanadi.

Xotira qurilmasiyaa saqlash yoki aloqa kanali boʻyicha uzatish uchun moʻljallangan maʼlumotlar (xabarlar) dagi informatsiyalar soni oldindan toʻliq maʼlum boʻlmaydi. Oldindan faqat shu informatsiyalarni tanlab olish mumkin boʻlgan koʻplab maʼlumotlar (xabarlar ehtimoli) maʼlum boʻladi. Zarur informatsiya ana shu koʻplab maʼlumotlar ichidan tanlab olinadi. Tanlangan informatsiyani qayd qilish uchun ikkilik belgilar soni qabul qilinadi (q. Ikkilik kod, Ikkilik sanoq sistemasi).

Aloqa kanali tushunchasi juda umumiy maʼnoga ega. Keng maʼnoda — informatsiyani uzatish uchun moʻljallangan har qanday aloqa qurilmasi. Lekin Informatsiya nazariyasida ran aloqa kanali texnikasi ustida emas, balki informatsiya uzatish nazariyasi ustida ketadi. Mas, geometriyada ran biror narsa qanday materialdan qilinganligi ustida emas, balki uning hajmi ustida yuri-tilganidek, Informatsiya nazariyasida ham ran aloqa qurilmalarining tabiati ustida yuri-tilmaydi, balki aniq aloqa tizimlari Informatsiya nazariyasida uzatilishi mumkin boʻlgan informatsiya miqdori nuqtayi nazaridan koʻrib chiqiladi. Aloqa kanali boʻyicha kod yordamida uzatiladigan xabarlarni kanal (kirish) signallariga aylantirishga (yaʼni kodlashga) toʻgʻri keladi. Ular uzatilgandan soʻng ana shu signallar xabarlarga (chiqish signallariga) aylantiriladi (yaʼni dekodlanadi). Kirish va chiqish signallarining tuzilishi (strukturasi)ga qarab, kanallar diskret (uzlukli) va uzluksiz xillarga ajratiladi. Diskret kanallarda kirish va chiqishdagi signallar bir xil yoki har xil «alfavitlar» ning «harflari» ketma-ketligidan iborat boʻladi. Uzluksiz kanallarda kirish va chiqish signallari uzluksiz parametr — vaqtning funksiyasi (t) dir.

Informatsiya nazariyasida «xabar», «maʼlumot», «aloqa kanali» va b. tushunchalar keng maʼnoda qoʻllanadi. Mac, I. n. nuqtayi nazaridan xabarlar manbai mumkin boʻlgan koʻplab xabarlar va ularga tegishli ehtimolliklar majmuidan iborat boʻlishi mumkin. Xabarlarni ehtimolliklar orqali kodlash uchun zarur ikkilik belgilarning oʻrtacha soni mi-nimumini ifodalaydigan oddiy formula yoʻq. Buning uchun Informatsiya nazariyasida ishlab chiqilgan murakkab formulalardan foydalaniladi.

Erkin Yoqubov, Norbek Taylaqov.


Lotin alifbosida maqola: INFORMATSIYA NAZARIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MATEMATIKA
TOSHKENT
FIZIKA
FRANSIYA
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты