INFORMATSIYA TARMOGʻI

INFORMATSIYA TARMOGʻI — informatsiya (axborot) ni ishlab (oʻrganib) chiqishning oʻzaro hamkorlashuvchi va maʼlumotlarni uzatish kanallari orqali bogʻlanuvchi avtomatik ti-zimlar majmui. Mahalliy (lokal) va hududiy (territorial) turlari bor. Mahalliy Informatsiya tarmogʻi korxona, tashkilot va xoʻjalik mikyosida ish yuritadi. Mu-ayyan korxona (tashkilot, xoʻjalik) boʻlimlari (sexlari, omborxonalari, brigadalari va b.) orasidagi informatsiya almashinuv jarayonlari, asosan, EHM, kompyuterlar tizimi (eskicha uslubda ishlaydigan joylarda radio, telefon aloqa) orqali amalga oshiriladi. Hududiy Informatsiya tarmogʻi mintaqalar, mamlakatlar va xududlarni qam-rab oladi. Bunday Informatsiya tarmogʻi keng koʻlamli boʻlib, mintaqa (mamlakat, hudud) lararo informatsiya (axborot) alma-shinuvi, asosan, internet tizimi (sunʼiy yuldoshlar, telegraf, teletayp, telefaks va b.) orqali amalga oshiriladi (yana q. Informatika, Informatsiya nazariyasi)


Lotin alifbosida maqola: INFORMATSIYA TARMOGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



INTERNET
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TELEGRAF ALOQA
INFORMATIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты