IONLOVCHI NURLANISH

IONLOVCHI NURLANISH — zarra lar va elektromagnit nurlanish kvan-tlari oqimi; modda orqali oʻtishi uning atom va molekulalari ionlanishiga va qoʻzgʻalishiga sabab boʻladi. Ionlovchi nurlanish elektronlar, pozitronlar, protonlar, neytronlar va b. elementlar zarralar, shuningdek, atom yadrolari va gamma-, rentgen va optik diapazondagi elektromagnit nurlanishdan iborat.

Zaryadlangan zarralar muhitning atom va molekulalari bilan bevosita toʻqnashib ionlanishiga birlamchi ionlanish; urib chiqarilgan elek-tronlarning ionlanishiga ikki-lamchi ionlanish deyiladi. Muhitning Ionlovchi nurlanish taʼsirida ionlanishi, asosan, Ionlovchi nurlanishning energiyasiga, tarkibiga, zichligiga bogʻliq. Fan va texnikada, biologiya va tibbiyotda, qishloq xoʻjaligi va sanoatda Ionlovchi nurlanish muhim ahamiyatga ega. Mas, kimyoviy reaksiyalar I. n. taʼsirida pastroq t-ra va bosimda amalga oshiriladi (q. Radiokimyo). I. n. oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlari va b. ni sterillash va konservalashda ishlatiladi. Oʻsimlik va mikroorganizmlarda Ionlovchi nurlanish taʼsiri bilan har xil mutatsiyalarni keltirib chikarish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: IONLOVCHI NURLANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
IONLANISH
FIZIKA
RENTGEN NURLARI
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты