IPPOLOGIYA

IPPOLOGIYA (yun. — ot va…logiya) — otlar toʻgʻrisidagi fan. I. ga oid birinchi yozma asarlar mil. av. bir necha yuz yil oldin Yunonistonda vujudga kelgan boʻlib, unda otning gavda tuzilishi, feʼl-atvori va otlardan foydalanish kabi maʼlumotlar bayon etilgan. Keyingi ayerlarda Ippologiya doirasi to-bora kengayib bordi. 20-a. boshlariga kelib Ippologiya otlarning evolyutsiyasi va ularni xonakilashtirish; anatomiyasi va fiziologiyasi; urchitish usullari va koʻpaytirish biol. si; zotlarni tako-millashtirish va yangi ot zotlarini yaratish, naslchilik ishlari; ot sinovlarini oʻtkazish; otda yurish sanʼati va nazariyasi; milliy ot oʻyinlari va b. haqidagi koʻpgina boʻlimlarni oʻz ichiga olgan fanga aylandi. Oʻrta Osiyo otlarni xonakilashtirishning qad. madaniy markazlaridan biri hisoblanadi (q. Yilqichilik).

Ad.:Toʻraqulov 3. T., XolmirzayevD., Muxtorov A., Yilqichilik. T., 1985.


Lotin alifbosida maqola: IPPOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YILQICHILIK
YAPONIYA
XITOY
TOSHKENT
YUNONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты