IRISUV TEMIR KONI

IRISUV TEMIR KONI — Talas Olatovining (Jan. Krzogʻiston) karbida joylashgan. Kayindi, Keltima-shat, Oqsuv va b. ruda zonalaridan iborat. Irisuv temir koni karbon davri ohakli togʻ jinslari b-n Irisuv ishqorli gab-broid intruzivi kontaktida hosil boʻlgan. Temir rudasi ohaktoshlari orasida linza va qatlam shaklida. Ularning uz. 0,1 —1,0 km, qalinligi 20—200 m, chuq. 500 m gacha. Konning deyarli yarim maydoni mezokaynozoy jinslari bilan qoplangan. Ruda, asosan, pirit, xalkopirit, pirrotin minerallari donalari bor magnetitdan iborat. Xalkopiritda oltin, kumush, selen, tellur, piritda esa kobalt, selen va tellur uchraydi. Shuningdek, piroksen, granat, flogopit, epidot, sfalerit mavjud. Kondagi rudaning zaxirasi qariyb 200 mln. t ga teng. Irisuv temir konining sanoat ahami-yati muhim.


Lotin alifbosida maqola: IRISUV TEMIR KONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MURUNTOV OLTIN KONI
TOSHKENT
XITOY
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты