ISITISH

ISITISH — turar joylar, sanoat binolari, muassasalar va b. jamoat binolarini yilning sovuq paytlarida sunʼiy isitishga doir tadbirlar majmui. Kishilar oʻzini yaxshi his qilishi, texnologik jarayonlar meʼyorida oʻtishi, jixrzlar, materiallar, mahsulotlar va b. yaxshi saklanishi uchun xona t-rasi moʻtadil (turar joylarda + 18°, tomosha zallarida +16°, kasallar operatsiya qilinadigan xonalarda +25° va h. k.) boʻlishi kerak.

Isitish qurilmalari majmui isitish tizimi deb ataladi. U mahalliy va markaziy Isitishga boʻlinadi. Pechka, gaz va elektr qurilmalar yordamida Isitish mahalliy isitish tizimiga kiradi. Markaziy isitish tizimi issiqlik generatori (qozon), qizish asboblari (radiatorlar, reyestrlar) va issiklik yoʻllari (quvurlar) dan iborat. Issiklik generatorida yoqilgʻi (koʻmir, gaz, baʼzan, mazut va b.) yonganda issiklik eltuvchi (suv, bugʻ yoki havo) qiziydi. U quvur orqali borib, qizish asboblarini, ular esa xona havosini qizdiradi. Qozondagi suv t-rasini oʻzgartirib, xona t-rasini bir meʼyorda saklash mumkin. Issikdik eltuvchi turiga qarab, markaziy Isitish suv bilan isitish, bugʻ bilan isitish va havo bilan isitish xillariga boʻlinadi. Bitta generator bir yoki bir necha binoni isitadi. Binolar guruhi tuman qozonxonasidan yoki issiklik elektr markazidan isitilishi va issiq suv bilan taʼminlanishi mumkin. Suv bilan isitish va havo bilan isitish tizimlari turar joylar, oʻquv muassasalari, kasalxonalar, bogʻcha, yasli va b. binolarni Isitishda, bugʻ bilan isitish organik chang ajralmaydigan korxona binolarinigina Isitishda qoʻllanadi. Bulardan tashkari, gaz bilan isitish, elektr bilan isitish, aralash (kombinatsiyalashgan) isitish, nur bilan isitishpzm ham foydalaniladi. Yirik panelli binolarda radiatorlar, quvurlar devor yoki pol orasiga oʻrnatiladi. Kam qavatli va yakka (xususiy) binolarni isitishda pech bilan isitish usulidan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ISITISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
SUV BILAN ISITISH
ISSIQLIK ENERGETIKASI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты