ISLIMIY

ISLIMIY — oʻsimliksimon shakldagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzilgan asosiy naqsh turi. Naqsh asosini tanob, band, barg, butalar tashkil etadi. Islimiy bir-biriga uzluksiz ulanib, oʻralib ketadigan chirmoviqsimon, oʻsimliksimon naqshlarning takrorlanishidan tashkil topadi. Shuning uchun baʼzan ustalar uni oʻrama yoki oʻsimliksimon naqsh deb ham ataydilar. Islimiy naqshning xillari koʻp, u qaysi shakl bilan toʻldirilsa, naqsh shu shaklning nomi bilan ataladi: I. barg, Islimiy bar-gak, Islimiy bofta, Islimiy gul, Islimiy zanjira, Islimiy madohil, Islimiy mehrob va b. yuzdan ortiq sodda va murakkab turlari mavjud. Bu naqsh turlari yanada koʻpayib bormoqda. Islimiy naqshlarning hunarmandlik rivojlangan shaharlar nomlari bilan atalgan xillari ham bor: Isfahoni Islimiy, Arabi I., Mashhadi Islimiy va b. Turli davrlarda yashagan xalq ustalari yangi-yangi Islimiy xillarini yaratgan va buyumlar be-zagi (ganchkorlik, naqqoshlik, yogʻoch oʻymakorligi, miskarlik, zardoʻzlik, kulolchilik, gilamchilik, kashtadoʻzlik va b.)da keng qoʻllagan. Shuningdek, uni yanada jozibali qilish maqsadida naqshlarda qoʻshimcha materiallardan foydalanilgan. Mas, zargarlik, kan-dakorlik, miskarlikda qimmatbaho toshlar, qahrabo va b. qadalgan. Bu uslub Oʻrta Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston, Eron, Turkiya, Afgʻoniston ustalari tomonidan keng foydalanilgan. Islimiy naqshning naqqoshdan katta tajri-ba va mahorat talab qiladigan murakkab xillari ham bor. Xiva (Paxlavon Mahmud maqbarasi gumbaz osti bagʻallari), Buxoro, Samarqand (Registon ansambli, Sherdor Madrasa ravogʻi, mehrobi), Toshkent, Qoʻqon, Margʻilon, Andijon shaharlarida yogʻoch uymakori (A. Abdurahimov va b.), miskar (Abdulla hoji va b.), zardoʻz (N. Aminov va b.), ganchkor, kashtadoʻz ustalar ishlarida keng qoʻllanilgan, hozir ham Islimiy naqshlardan keng foydalaniladi. Xalq ustalaridan S. Maxmudov, J. Hakimov, T. Toʻxtaxoʻjayev, O. Fayzullayev, N. Ibrohimov, M. Usmonov, K. Karimov va b. ning ijodlarida buni koʻrish mumkin. Shuningdek, kitob va jur. larni bezashda ham Islimiy naqsh xillari keng qoʻllaniladi. Bu soxdda grafik rassom I. Ikromovnsng xizmati katta.


Lotin alifbosida maqola: ISLIMIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NAQSH
TOSHKENT
XITOY
AMALIY SANʼAT
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты