HOKIM

HOKIM (OʻzRda) — viloyat, tuman, shaharda oliy mansabdor shaxs. U mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Hokim lavozimining joriy etilishi oʻzbek milliy davlatchiligi anʼanalari va tarixiy tajribalarga asoslangandir. Iskandar Makduniy zamonida mahalliy aholi vakillaridan Artaboz — Baqtriyada, Oksiart va Xoriyen — Soʻgʻdiyona hududlarida Hokimlik qilganlar. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi oliy darajadagi amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat H. lari qoʻlidagi mahalliy boshqaruvdan iborat boʻlgan. Hokimlar mamlakatning amaldagi haqiqiy egalari edilar. Oʻrta Osiyo xonliklarida muayyan bir shahar va uning atrofidagi qishloqlar ustidan rahbarlikni amalga oshirish uchun bel-gilab qoʻyilgan amaldorlar Hokim deb atalgan.

Mustaqillikning ilk kunlarida-noq Oʻzbekistonda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini kuchay-tirish maqsadida Hokim lavozimi taʼsis etildi. «Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida» Oliy Ken-gash tomonidan qabul qilingan qonun (1992-y. 4 yanv.) H. va hokimlik tuzilmasining asosiy vazifalarini belgilab berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitupiyasining 99-moddasiga binoan, «Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boʻysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqa-ri) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʻlib, ular davlat va fuqarolarning man-faatlarini koʻzlab oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar». Xalq deputatlari Kengashlari va Hokim larning vakolat muddati — 5 yil. Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishligiga qarab viloyat, tuman va shahar Hokimlari boshqaradi. Viloyatlar Hokimlari va Toshkent shahri Hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiklanadi. Shaharlardagi tumanlarning Hokimlari tegishli shahar Hokimi tomonidan tayinlanadi va la-vozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga boʻysunadigan shaharlarning Hokimlari tuman Hokimi tomonidan tayinlanadi va lavo-zimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Hokimlar yakkaboshchilik prinpipida ish olib boradi va ularning chiqargan hujjatlari shu hududda bajarilishi shart. Hokim oʻzining qarorlarigina emas, oʻzi rah-barlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun ham shaxsan javobgardir. Hokim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarlarga ega boʻladi.

Hokim larning va xalq deputatlari mahalliy Ksngashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasi «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining. qopuni (1993-y. 2 sent.)da belgilangan.


Lotin alifbosida maqola: HOKIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
TEMURIYLAR
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты