ISMOIL SOMONIY

ISMOIL SOMONIY, Ismoil ibn Ahmad Somoniy (849, Fargʻona—907, Buxoro) — oʻzbek davlatchiligi tizimida xukmronlik qilgan somoniylar sulolasi (819—999)ning yirik vakili. Abbosiy xalifa Muʼtamid (870—892) Rofi ibn Lays qoʻzgʻolonini bostirishda yordam bergan sulola asoschisi Somonxudotttt oʻgʻillaridan Nasr I ibn Ahmadni Movarounnahrga noib (874—893), I. S. ni esa Buxoroga hokim etib tayinlagan. Ammo aka-uka oʻrtasida ixtilof paydo boʻlib, ular ikki bor uzaro urush qilgan. Birinchisi sulh bilan yakunlangan, ikkinchisida Ismoil Somoniy gʻolib kelganiga qaramay, akasining hokimiyatini tortib olmagan. 893-y. Nasr I vafot etgach, xalifa Muʼta-zid (892—902) Ismoil Somoniyni uning Urniga Movarounnahrga noib qilib tayinlagan. U shu yiliyoq Taroz sh. ni egallagan, 899-y. xalifaning Hurosondagi noibi Amr ibn Lays qushinini tor-mor keltirib, uning tasarrufidagi yerlarni buysundirgan. 902-y. esa u Tabariston, Ray, Qazvin va Daylamni zabt etib, uzini xalifalikdan musta-qil hukmdor deb eʼlon qilgan. U 907-y. vafot etgach, urniga ugli Ahmad ibn Ismoil hokimiyat tepasiga kelgan.

Ismoil somoniy S, tarixiy maʼlumotlarga kura, oqil, odil va ulamolarga homiy hukmdorlardan boʻlib, markaziy hokimiyatni mustahkamlash, kuchli qoʻshin tuzish, itoatsiz amirlarni buysundirish yoʻlida qattiq kurashgan. U mamlakat obodonchiligiga ham katta eʼtibor berib, koʻplab meʼmoriy inshootlar kurdirgan.


Lotin alifbosida maqola: ISMOIL SOMONIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SOMONIYLAR
XITOY
TOSHKENT
BUXORO XONLIGI
IBN SINO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты