ISMOILIYLAR DAVLATI

ISMOILIYLAR DAVLATI — 1090-y. ismoiliylar tuzgan davlat. Markazi Alamut boʻlgan. Unga Eron, Suriya va Ozarbayjondagi bir necha viloyat, shahar va qalʼalar kirgan. Ismoiliylar davlati yaxlit hududga birlashmagan edi. Bu davlat hashsho-shiylar harakati natijasida vujudga kelgan. Ismoiliylar davlati asoschisi Hasan ibn Sab-boh (1124-y. vafot etgan) va uning avlodlari cheklanmagan siyosiy hamda maʼnaviy huquqqa ega boʻlgan. Mahalliy va xalqaro savdo yoʻlida joylashgan Koʻhiston viloyati Ismoiliylar davlatining taraq-qiy etgan qismi edi. Eng yaxshi yaylov va yerlarning, karvonlardan keladigan bojlarning koʻpligi tufayli Ismoiliylar davlati iqtisodi tez rivojlandi. Ammo mulkiy tengsizlikning oʻsib borishi bilan Ismoiliylar davlatida siyosiy kurash avj oldi. 13-a. ning 1 – choragida Ismoiliylar davlati tepasida turgan xalqchil guruh xorazmshoh Jaloliddin Manguberdini moʻgʻullarga qarshi kura-shini qoʻllab-quvvatlagan. Biroq key-inchalik Ismoiliylar davlati dagi ichki qaramaqarshilikdan foydalangan moʻgʻullar Alamutni (1256), I. d. ning Suriyadagi mulklarini esa mamluklar egalladi.

Ad.: Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Istoriya stran zarubejnoy Azii v sredniye veka, M., 1970.


Lotin alifbosida maqola: ISMOILIYLAR DAVLATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
JALOLIDDIN MANGUBERDI
ERON
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты