HOLAT DIAGRAMMASI

HOLAT DIAGRAMMASI, muvozanat diagrammasi, fazoviy diagramma — fizik-kimyoviy sistemaning tarkibi va holat parametrlari orasidagi munosabatning geomet-rik ifodasi. Holat parametrlari — termodinamik sistema holatini ifo-dalaydigan fizik kattaliklar (t-ra, bosim, solishtirma hajm, magnitlanganlik, elektr qutblanish va h. k.). H. d. bir yoki koʻp komponentli moddaning muvozanat holatini geometrik tarzda ifodalaydi. Bu holat bir fazali, ikki fazali va koʻp fazali boʻladi. Fazalar gazsimon, suyuq, qattiq, oʻta oʻtkazuvchan, segnetoelektrik va b. boʻlishi mumkin.

Agar sistema bitta komponentdan iborat boʻlsa (eng sodda hol), H. d. toʻgʻri burchakli uch koordinata oʻqiga (bu oʻqdar boʻyicha t-ra T bosim R va mol qajm V qoʻyiladi) qurilgan 3 oʻlchovli fazoviy shakl koʻrinishini oladi.

Ikki fazali muvozanat holat egri chiziqlar, 3 fazalisi esa nuqta bilan tasvirlanadi. Har qanday modda qat-tiq, suyuq va gazsimon fazasining muvozanatiga mos keluvchi 0 nuqta unlama nuqta deyiladi. Koʻp kompo-nentli sistemalarning Holat diagrammasi murakkab boʻladi. Holat diagrammasini eksperimental qurishda fizik-kimyoviy, termik va rent-genografik analiz, optik va elektron mikroskopiya, dilatometriya va b. usullardan foydalaniladi. Holat diagrammasi amal-da, metallshunoslik, metallurgiya va kimyoning turli sohalarida keng qoʻllanadi. Qotishmalarning erish sohasi, t-rasi termik ishlov rejimlari Holat diagrammasiga koʻra aniqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: HOLAT DIAGRAMMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda o`rik ko`rsa nima bo`ladi.
KRITIK HOLAT
QATTIQ JISM
MINERAL
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты