ISPANIYA MEROSI

ISPANIYA MEROSI — Ispaniya taxti va uning mulklariga egalik qilish hamda Yevropada siyosiy ustunlikka erishish maqsadida olib borilgan urush (1701 — 14). Ispaniyaning soʻnggi Gabsburgi (hukmdori) — Karl II ning vafoti (1700) dan soʻng boshlangan. Fransiya Karl II ning vorisi yoʻkligini bahona qilib Ispaniya taxtiga Lyudovik XIV ning nabirasi Filipp Bur-bonni oʻtqazdi. Shunda Buyuk Britaniya, Gollandiya, Avstriya, Prussiya va b. davlatlar oʻzaro uyushib, mazkur fransuz-ispan ittifoqiga qarshi chikdi. Ikki oʻrtadagi urush Utrext (1713) va Rash-tat (1714) sulh shartnomalari bilan yakunlanib, natijada Ispaniya Yevropa va Shim. Amerikadagi bir qancha mulkidan mahrum boʻldi.


Lotin alifbosida maqola: ISPANIYA MEROSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA
ISPANIYA
XITOY
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты