HOMIYLIK

HOMIYLIK — fuqarolarning shax-siy va mulkiy huquq qamda manfaatlarini himoya qilishning huquqiy shakli. Homiylik 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan bel-gilanadi. Sogʻligʻining yomonligi sababli mustaqil ravishda oʻz huquqlarini amalga oshira olmaydigan va maj-buriyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan Homiylik shu shaxslarning iltimosiga binoan belgilanishi mumkin. Homiyning asosiy vazifasi Homiylikka olinuvchining shaxsi va mulki yuzasidan gʻamxoʻrlik qilishdan, Homiylikka olinuvchining manfaatlarini qoʻriqlashdan iborat. Binobarin, Homiylikka oluvchi oʻziga ishonilgan mulkdan oʻzi uchun hech qanday foyda olmasligi lozim. U H. ka olingan shaxsni asrash va uning mul-kini idora etish harakatinigina un-dirishga haqli. Umumiy qoida boʻyicha Homiylik ishi tekin bajariladi. Homiylar oʻz himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar. Homiylik organi quyidagilardir: yosh bolalarga nisbatan — xalq taʼlimi boʻlimlari; ruhiy kasal va aqli zaiflarga nisba-tan — sogʻliqni saklash boʻlimlari; ijtimoiy kam taʼminlangan fuqarolarga nisbatan — ijtimoiy taʼmi-not boʻlimlari. Voyaga yetmagan bolalarga Homiylik ularning ota-onasi, farzan-dliKka oluvchilari boʻlmagan, ota-onasi sud tomonilan otaonalik huquqlaridan mahrum qilingan taq-dirda, shuningdek, bunday fuqarolar boshqa sabablarga koʻra ota-ona himoyasidan mahrum boʻlib qolgan, xususan, ota-ona ularni tarbiyalashdan yoxud ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan hollarda belgilanadi. Homiylik homiy tay-inlashga muxtoj boʻlgan shaxs yashayotgan joyda, tuman yoki shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Krnunchilikka koʻra, quyidagilar homiy qilib tayinlanishi mumkin emas: ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonunda belgilangan gartibda muo-malaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar; sobiqfarzandlikka oluvchilar oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotganligi, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilayotganligi, farzandlikka olinuv-chilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlayotganligi, ichkilik-bozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganligi tufayli farzandlikka olish bekor qilingan boʻlsa; ruhiy yoki narkologik muassasalarda roʻyxatda turganlar; qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar. Homiylik bilan bogʻliq barcha huquqiy jihatlar Oʻzbekiston Respublikasining FK, Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-y. 12 apr. dagi 171-sonli qarori bilan tas-diqlangan «Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida Nizom»da oʻz ifodasini topgan. Mirodil Baratov.


Lotin alifbosida maqola: HOMIYLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QONUNIY VAKILLAR
YER
ALIMENT
SHAXSNING HUQUQIY HOLATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты