ISSIQLIK ELEKTR MARKAZI (IEM) — elektr energiyasi bilan birga issiq suv va bugʻ ishlab chiqaradigan isiqlik elektr st-yasi. Asosiy energe – ) tik agregatlari qatoriga suv yuradigan quvur (truba) lar batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbinalari, turbogeneratorlar va bugʻ turbinalarida ish bajargan issiklikni is-teʼmolchilarga yuboradigan qurilmalar kiradi. IEM larda qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi organik yoqilgʻilar aj-ratgan issiklik qozon tizimida suvni yuqori bosimli bugga aylantiradi. Bugʻ bosimi tatlirida turbinalarning ; parraklari generatorlarni harakatga keltiradi, natijada issiklik energiyasi turbina (bug dvigateli) vositasida mexanik energiyaga aylanadi, generator esa uni elektr energiyasiga aylantiradi. IEM ning f. i. k. issiklik elektr st-yalarinikiga nisbatan keskin yuqori, yaʼni t|=60—70% ga teng. Bunga erishish uchun IEM turbinalaridan oʻtib ish bajargan bugʻning bir qismigina sovitkichlar vositasida qayta suvga aylantirilib qozon tizimiga yuboriladi, qolgan qismi esa sanoat korxonalari ehtiyojlariga hamda uyjoylarni isitishga sarflanadi. IEM butun shahar, tuman mikyosida sanoat korxonalarini, turar joy binolarini, maishiy muassasalarni elektr energiyasi, issiq suv bilan taʼminlash va isitishga xizmat qiladi. Faqat elektr energiyasi ishlab chikaradigan issiklik elektr st-yalariga nisbatan IEM iqtisodiy jihatdan ancha tejamli, unda 20—25% yoqilgʻi kam sarflanadi, qulay. Turbinalardan sanoat korxonalariga beriladigan bugning mutlaq bosimi 8—16 at, isitish uchun beriladiganiniki 0,5—2,5 at. IEM da yoqilgʻi sifatida koʻmir, gaz, mazut va b. ishlatiladi. Ularda t-rasi 565°, bosimi 130 at. gacha boʻlgan burdan foydalaniladi.