HOMILA

HOMILA — ona qornida 2-oyning oxiridan (9-hafta) boshlab tugʻilish vaqtigacha (40-hafta) rivojlanayotgan pusht (embrion). 9-haftada Homila inson qiyofasiga kiradi (bu davrda Homilaning boshi, koʻzi, burni, ogʻzi, tanasi, qoʻloyoqlari aniq boʻladi). Bir aku-sher oyi (28-kun)da homila tuxumidan pusht va uning pardasi rivojlanib, Homila shakllana boshlaydi. 2-oyning oxirida Homila boʻyi 3,5 sm, vazni 4 g; 3-oyning soʻngida Homila boʻyi 8—9 sm, vazni 40 g cha boʻlib, boshi kattalashadi, jinsi shakllanadi, qoʻl-oyoq harakatlari sust boʻladi. 4-oy oxiriga kelib Homila boʻyi 16 sm, vazni 120 g ga yetadi, qoʻl-oyoq harakatlari faollashadi (lekin hali onaga sezilmaydi), jinsi aniqlashadi. Homila 5 oylik boʻlga-nida boʻyi 24—26 sm, vazni 280—300 g, terisi nozik, qip-qizil badani mayin tuklar bilan qoplanadi; hara-katlari onaga sezila boshlaydi. Ona qorpiga quloq tutilganda Homila yuragi urayotgani bilinadi. 6-oyning oxirida Homila serharakat boʻlib, boʻyi 30 sm, vazni 600—700 g ga yetadi. 7-oyning soʻngida Homila boʻyi 35 sm, vazni 1000 — 1200 g ga yetadi (rasm); bu davrda Homila tirik tugʻilishi mumkin, lekin chala hisoblanadi, biroq maxsus parvarish qilinsa, yashab ketadi (q. Chsish tugʻilgan bola); 8 oylikda Homilaning boʻyi 40 sm, vazni 1500—1600 g cha keladi. 9-oyning oxirida Homila boʻyi 45 sm, vazni 2400—2500 g ga yetadi, teri osti yogʻ qavati qalinlashadi, badanidagi tuklar kamayadi, terisi silliqlashib, pushti rangga kiradi, sochlari uzayadi. 10-oy oxirida (9 kalendar oyiga toʻgʻri keladi) Homila yetilib tugʻiladi; boʻyi 50 sm, vazni 3200—3500 g boʻladi. Homila taraqqiyotining oʻziga xosligi uning ona qornida boʻlishi bilan ifo-dalanadi; unda bosh miya poʻstlogʻi toʻla-toʻkis taraqqiy etmagan boʻlib, asosiy hayotiy funkiiyalar (oziqlanish, nafas olish, ajratish) pla-senta bilan uzviy bogʻlangan orqa miya orqali boshqariladi; platsenta H. bilan kindik orqali bogʻlanadi. Homila ona organizmidan oʻzining oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar (oqsil, yogʻ, uglevodlar), tuz, suv, vitaminlar, shuningdek, kislorodni qon tomirlar orqali olib, moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni chiqaradi va h. k. Shuning uchun ayrim kasalliklar (yurak poroklari, gipertoniya, qandli diabet, infeksion kasalliklar), notoʻgʻri ovqatlanish, rejim buzilishi, atrof-muhitdagi zararli omillar (ishlab chiqarishdagi zaharli moddalar, vibratsiya, nurlanish), ich-kilik ichish, chekish va b. natijasida platsenta funksiyasining buzilishi Homilaning oʻsishiga, ayniqsa, homila-dorlikning dastlabki 3-oyida, homila aʼzolarining taraqqiyot davrida yomon taʼsir koʻrsatadi. Bu davrda Homilaning oʻsishida qator oʻzgarish va nuqsonlar paydo boʻlishi, jumladan, Homila toʻla yetilmasligi, u majruh boʻli-shi, oʻlik tugʻilishi yoki oʻz-oʻzidan tushishi, shuningdek, asfiksiya, kalla suyagining shikastlanib tugʻilish hollari uchrashi mumkin. Homiladorlikning 4-oyidan Homilaning turli taʼsirotlarga nisbatan sezgirligi bir qadar pasayadi. Gigiyena qoidalariga rioya qilish — ovqatlanish, mehnat qilish va dam olishni toʻgʻri uyushtirish Homilaning normal oʻsishini taʼminlaydi, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxushliklarni (oʻlik tugʻish, chilla davrida oʻlish va h. k.) oldini oladi.


Lotin alifbosida maqola: HOMILA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ODAM
GOʻDAK
TUGʻRUQ
YER
Sherali Jo'rayev - Nozik


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты