ISTEʼDOD

ISTEʼDOD, talant — nihoyatda zoʻr qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya oʻsganligida, voqeahodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda koʻrinadi. Kishining bilimlarni oʻzlashtirishi, nazariy va amaliy masalalarni hal etishi, ijodi, oʻz bilimi va malakalarini turmushga tatbiq qila bilishidan uning Isteʼdod ini bilish mumkin. Isteʼdod haqida turli nazariyalar mavjud. Ularga koʻra, Isteʼdod xudo tomonidan beriladi; irsiyat orqali oʻtadi; tarbiya orqali paydo qilinadi; insondagi tabiiy, tugma anatomik-fiziologik layoqat muayyan faoliyatda shakllanadi va rivojlanadi.

Isteʼdod insonning maʼlum faoliyati turida oʻzini namoyon etadi. Bilim, koʻnikma, malaka, tajribalar Isteʼdod rivojida katta rol oʻynaydi. Qobiliyat yoki layoqat oʻsishiga ijtimoiy sharoit yaratilganda, uni tarbiyalab kamolga yetkazilgandagina Isteʼdod yuzaga chiqadi, Isteʼdodga shaxsning mehnatsevarligi ham qoʻshilgan taqdirda yangilik va kashfiyot paydo boʻladi. Daho I. ning yuksak namunasi hisoblanadi. Daho egasi ba-tamom yangilik ijod etib, oʻz sohasida original yoʻnalish yaratadi.

Ad.: Mahmudov T., Talant xudojnika i obshestvo, T., 1972.

Tilab Mahmudov.


Lotin alifbosida maqola: ISTEʼDOD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FOROBIY
YER
IBN SINO
KIMYO
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты