ISTEʼMOL FONDI

ISTEʼMOL FONDI — muayyan vaqt (mas, bir yil) da yaratilgan mahsulot va xizmatlarning aholi joriy isteʼ-moliga sarflanadigan qismi; maqsulot va xizmatdar vazifasiga kura isteʼmol buyumlari va ishlab chiqarish vo-sitalari (resurelar) dan iborat buladi. Birinchi qism hisobidan Isteʼmol fondi shakllanadi. Ammo, uning pul-qiymat shakli ham boʻlib, bu isteʼmolga moʻljallangan mahsulot va xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir. Isteʼmol fondi gʻoyat xilmaxil va tenglashtirib bulmaydigan tovarlardan iborat boʻlganidan, moddiy oʻlchamlarda emas, balki qiymat shaklida hisoblanadi. Isteʼmol fondi hajmi mamlakatning i. ch. qudrati va yalpi milliy mahsulotning taqsimlani-shiga bogʻliq (mas, 1996-y. AQSH mahsuloti 7,4 trln. dollar, Yaponiyaniki 5,1 trln. dollarga teng buldi. Ammo, Isteʼmol fondi AQSHda shu mahsulotning 7,8%, Yapo-niyada esa 65% dan iborat buldi, chunki bunda investitsiya ulushi katta.) I. f. jon boshiga hisoblangan hajmi aholi farovonligining asosiy kursatkichi hisoblanadi. Bu koʻrsatkich milliy investitsiya hajmiga bogʻliq. Agar mamlakatga xorijiy investitsiyalar qancha koʻp kirib kelsa, milliy investitsiyani qisqartirish hisobidan Isteʼmol fondini oshirish ehtimoli shuncha katta buladi. Isteʼmol fondi, qamrov darajasiga kura, umummamlakat darajasidagi Isteʼmol fondi (davlat byudjeti vositasida shakllanadi va ijtimoiy fondlar shaklini oladi), firma va xujaliklar darajasidagi Isteʼmol fondi (korporativ guruhiy fondlar shaklida) va xonadon darajasidagi Isteʼmol fondiga (individual fondlar shaklida boʻlib, xonadonning isteʼmol byudjetida namoyon boʻladi) ajraladi. Oila daromadi Isteʼmol fondi (oila daromadining ehtiyojni qondirishga ketgan qismi) va jamgʻarish fondi (oila daromadining jamgʻarma qismi)ga bulinadi.


Lotin alifbosida maqola: ISTEʼMOL FONDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
TOSHKENT
YER
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты