ISTISQO

ISTISQO (arab.) — organizm boʻshliqlari, toʻqimalari, xususan, teri osti yogʻ qavati (kletchatka)da suyuklik (transsudat) toʻplanishi. Suyuqlik qaysi aʼzoda yigʻilganligiga qarab bosh miya, koʻkrak, moyak, perikard, qorin va b. aʼzolar Istisqosi farq qilinadi. Yurak, buyrak kasalliklari, homiladorlik toksikozlari va b. kasalliklarda kuzatiladi. Koʻz I. si gidroftalm, bosh miya I. si gidrotsefaliya, plevra I. si gidrotoraks, qorin Istisqosi assit, bachadon nayi Istisqosi gidrosalpinks, moyak pardalari Istisqosi gidrotsele, perikard I. si gidroperikard, boʻgʻim I. si gidroartrit deb ataladi. Homiladorlar Istisqosi, urugʻ tizimchasi Istisqosi, koʻz yoshi xaltachasi Istisqosi ajratiladi. Abu Ali ibn Sino nogʻorasimon Istisqo (yel Istisqosi)ni ham ajratadi. Istisqoning umumiy va mahalliy xillari bor. Umumiy Istisqo yurak-tomir sistemasi (yurak shishlari, bunda shish koʻproq tananing pastki qismlarida boʻladi), buyrak kasalliklari, holdan toyish va oqsil yetishmovchiligi holatlarida yuzaga keladi. Mahalliy Istisqo koʻpincha tananing maʼlum bir qismidagi venalar (darvoza, son venalari va b.)ning qisilishi natijasida paydo boʻladi. Istisqoda organizmda moddalar almashinuvining barcha turi izdan chiqadi, bu distrofiya, hatto toʻqimalarning irishiga olib keladi.

Davosi. Asosiy kasallik bartaraf qilinadi. Suyuklik koʻp yigʻilganda xirurgik davo qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ISTISQO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
ODAM
SHISh
YER
TERI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты