HOSILDORLIK

HOSILDORLIK — ekin maydoni birligidan olinadigan dehqonchilik mahsuloti miqdori; s/ga bilan hisoblanadi. Hosildorlik bir necha turga boʻlinadi: potensial H., rejali Hosildorlik, kutilayotgan Hosildorlik, tupdagi Hosildorlik, 1 ga dan olingan haqiqiy H. Potensial Hosildorlik — ekin navida mavjud hosil berish imkoniyatlarini yuzaga chiqarish zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar taʼminlanganda 1 ga ekinzordan olinishi mumkin boʻlgan mahsulotning maksimal miq-dori. Uni i. t. muassasalari (nav ori-ginatorlari), davlat nav sinash tarmogʻi, ilgʻor shirkat, fermer xoʻjaliklari mutaxassislari ideal hamda odatdagi agrofonga tatbiqan hisob-lab chiqadilar. Bu esa navlar tarkibi hamda xoʻjalik, viloyat, mintaqa va h. k. dagi dehqonchilik tarmoqlarining tuzilmasini belgilashga yordam beradi. Rejali Hosildorlik — xoʻjalik sharoitlarida 1 ga yerdan olinishi mumkin boʻlgan mahsulot miqdori; H. da eri-shilgan daraja tuproq unumdorligi, texnika vositalari, oʻgʻitlar va h. k. bilan taʼminlanganlikni hisobga olgan holda ekin ekilgunga qadar bel-gilanadi. Kutilayotgan Hosildorlik (hosilga qarab moʻljallanadigan Hosildorlik) — 1 ga yerdan olinishi moʻljallanayotgan mahsulot. Ekinzorlarning umumiy hola-tini baholash asosida xoʻjaliklar tomonidan hisoblanadi. Kutilayotgan hosil koʻrsatkichlari sharoitga qarab oʻzgarishi mumkin. Kutilayotgan Hosildorlik har 1 ga dan s hisobida yoki taxminiy hisobda (yuqori, oʻrta, past, oʻtgan yilgi darajada) aniqlanadi. Tupdagi Hosildorlik (biol. Hosildorlik) — oʻz vaqtida boshlanadigan yigʻim-terim oldidan dalada yetilgan tayyor mahsulot miqdori. Haqiqiy Hosildorlik — 1 ga dan olingan haqiqiy hosil (ombor H.) — yigʻilgan va kirim qilingan mahsulot. turli usullarda: dastlabki kirim yoki har 1 ga ekin, bahorgi mahsuldor may-don hisobiga toʻgʻri keladigan sof massa va b. bilan qayd etiladi.

Hosildorlik darajasi iqlim, geografik, tuproq, mikrobiologik, biologik, agrotexnik, tashkiliy-iqgisodiy va b. sharoitlar bilan belgilanadi. Dehqonchilikning intensiv sistemalarini joriy qilish bilan ekinlar Hosildorliki, asosan i. ch. ni intensivlash omillari hisobiga ortib boradi.

Dildora Saidova.


Lotin alifbosida maqola: HOSILDORLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DAVLAT NAV SINASH TARMOGʻI
TOSHKENT
YER
DEHQONCHILIK
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты