ITTIHOD VA TARAQQIY

«ITTIHOD VA TARAQQIY» (turkcha «Ittihat ve Terakki») — turk inqilobchilarining siyosiy tashkiloti. Bu tashkilot aʼzolari keyinchalik oʻzlarini Yosh turklar deb atashgan. 1889-y. Istan-bulda Yosh turklarning maxfiy siyosiy tashkiloti sifatida tashkil topdi. Unga Istanbul harbiy tibbiyot oʻquv yurti talabalari Abdulla Javdat, Ibrohim Temo, Isʼhoq Sukuti, Mahmed Rashid asos soldi. Tashkilotning asosiy maqsadi sulton Abdulhamid II (1842—1918)ning mustabid hokimiyatini konstitutsion tuzum bilan almashtirishdan iborat boʻlgan. Tez orada xo-rijda ularning «Usmonlilar Ittihod va taraqqiy jamiyati» ham tuzildi. 1892-y. dan Parijda turk tilida tashkilotning «Mashvarat» gaz. chiqa boshladi. 1907-y. oxirida Parijda boʻlgan kong-ressda muxolifatdagi kuchlar Usmonlilar hokimiyatiga qarshi «Ittihod va taraqqiy va t.» tashkiloti yetakchiligida blok tuzishdi. Axmad Rizo boshchiligidagi tashkilot rahbariyati xorijdan sultonlikka qarashli Makedoniyaning markaziy shaxri — Salonikiga kelib oʻrnashdi. Mamlakatda Abdulhamid 11 mustabid zulmiga qarshi kurash avj olib ketdi. Mamlakatda ittihodchilar rahbarlik qilgan Yosh turklar inqilobi gʻalaba qozondi. 1908-y. da «Ittihod va taraqqiy va t.» tashkiloti partiyaga aylantirildi. Ziyo Koʻkalpnnt turkchilik goyalari «Ittihod va taraqqiy va t.» tashkiloti aʼzolariga kuchli taʼsir koʻrsatdi. «Ittihod va taraqqiy va t.» tashkiloti aʼzolari Turkiyada demokratik erkinliklarni joriy qilishga kirishdi.

1913-y. da Talʼat posho — Turkiyaning Bosh vaziri, Anvar posho — harbiy vazir, keyinchalik Bosh qoʻmondon, Ja-mol posho — harbiy dengiz kuchlari vaziri lavozimlarini egalladi. Anvar posho Buxorodan Turkiyaga tahsil olish uchun borgan Usmon Xoʻja, Fitrat kabi talabalarni oliy darajada qabul qilgan.

Birinchi jahon urushiyaa Turkiyaning yengilishi natijasida «Ittihod va taraqqiy va t.» tashkiloti tarqatib yuborilib, uning fa-oliyati taqiklandi. 1918-y. 3 noyab. da Talʼat posho, Anvar posho va Jamol posho Turkiya hududidan chiqib ketishdi. Jamol posho va Anvar posho 1920 — 21 y. larda Turkistonga kelishdi, Anvar posho Buxorodagi shoʻro tuzumiga qarshi harakatga rahbar boʻldi. Turkiyada yuz bergan muhim oʻzgarishlardan ke-yin — 1922-y. «Ittihod va taraqqiy va t.» partiyasi yana qayta tiklandi, ammo u mamlakat hayotida avvalgi mavqeiga erisha olmadi. 1926-y. Otaturkka qarshi suiqasd qilganlikda nohaq ayblanib, yttihodchilardan 4 kishi oʻlim jazosiga hukm qilindi. «Ittihod va taraqqiy va t.» partiyasi shu bilan oʻz faoliyatini tugatdi.

Ad.: 3iyo Goʻkalp , Turkchilik asoslari, T., 1994; Turk xalqining buyuk farzandi Otaturk, T., 1998; Rajabov Q., Buxoraga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: ITTIHOD VA TARAQQIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TURKIYA
FRANSIYA
XITOY
ROSSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты