HUJAYRA

HUJAYRA (lot. se11i1a, su1i$ — katakcha) — barcha tirik organizmlarning tuzilishi va funksional birligi, elementar tirik sistema. alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va zambu-rugʻlar) yoki koʻp hujayrali organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda si-toplazmaaan membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlarvya esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy Hujayra meyoz natijasida hosil boʻladi.

Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksi-yasini ixtisoslashgan ichki struktu-ralar — organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda — xromosomalar, sitoplazmada — ribo-somalar, mitoxondriyalar, endoplaz-matik toʻr, Golji kompleksi, lizo-somalgr. Ayrim manbalarda Hujayra memb-ranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik Hujayrada boʻladigan membrana strukturalari — mikronay-chalar, mikrofibrillalar Hujayra shaklining; H. kiritmalari Hujayra tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.

Hujayra ichida va organizmning ichki suyuq muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham Hujayrada sin-tezlanadi. Hujayraning har qaysi organo-idi faqat unga xos vazifani bajaradi. Mas, eukariotlarda Hujayraning nafas olishi faqat mitoxondriyalar mem-branalarida, oqsil sintezi — ribo-somalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning Hujayra

strukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (kon-veyer prinsipi)ni taʼminlaydi. Hujayraga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik prinsi-pi ayniqsa DN K strukturasi uchun xos. Mas, odam tuxumhujayrasining 61012 g keladigan DNK si organizm uchun xos boʻlgan barcha oqsillarni kodlaydi. Hujayra ichida ionlarning muay-yan konsentratsiyasi saqlanadi. Hujayra muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega.

Oʻsimlik Hujayrasi hujayra membra-nasi sirtidan qattiq qobiqb-n qoplangan (qobiq jinsiy Hujayrada boʻlmay-di). Hujayra qobigʻida teshikchalar bor. Bu teshikchalardan oʻtadigan sitoplazma oʻsimtalari orqali qoʻshni Hujayra oʻzaro bogʻlangan. Oʻsishdan toʻxtagan Hujayra qobigʻiga lignin, kremnezem yoki b. moddalar shimilishi natijasida ancha pishiq va qattiq boʻlib qoladi. Oʻsimlik yogʻochining pishiqligi ana shu moddalarga bogʻliq. Ayrim oʻsimliklar toʻqimasi Hujayra lari ayniqsa juda pishiq Hujayra devoriga ega boʻlib, Hujayra halok boʻlgandan soʻng ham oʻzining tayanch skeletlik funksiyasini saqlab qoladi. Ixtisoslashgan oʻsimlik Hujayra sining bir necha yoki bitta markaziy vakuolasi bor; ularda har xil tuzlar eritmasi, ugle-vodlar, organik kislotalar, alka-loidlar, aminokislotalar, oqsillar, hatto zaxira suv boʻladi. Oʻsimlik Hujayralari sitoplazmasida maxsus organoidlar — plastidalar bor; Golji kompleksi esa sitoplazmada tarqalgan diktiosomalardan iborat.

Barcha eukariotlar H. si bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular pro-kariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamgʻarish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega. Barcha Hujayra membranasining funksiyasi ham oʻxshash. Hujayra tuzilishi va funksiyasining oʻxshashligi ular kelib chiqi-shidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi Hujayra oʻlchami va shakli, u yoki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi Hujayraning oʻzaro kooperatsiyasi va ularning funksional ixtisoslashuvi bilan bogʻ-liq. Bir hujayralilar H. sining tuzilishi va funksiyasi oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xoʻjayin Hujayra mitoxon-driyalariga, boshqalari — xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot Hujayraning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.

Bir organizmning barcha Hujayralari ge-nomi potensial axborot hajmi jihatdan urugʻlangan tuxumhujayra genomidan farq qilmaydi. Ixtisoslashgan Hujayra yadrosini yadrosi olib tashlangan Hujayraga koʻchirib oʻtkazilganda normal organizm rivojlanishi buni isbotlaydi. Koʻp hujayrali organizmda Hujayra xossalari oʻrtasidagi farq genlar faolligining bir xil boʻlmasligi tufayli kelib chiqadi. Hujayraning har xil ixtisoslashuvi natijasida bir xil Hujayralar (nerv) qoʻzgʻaluvchanlik; boshqalari (muskul) miofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega boʻlishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari (bezli Hujayra) hazm qilish fermentlari va gormonlarni sintezlash xususiyatiga ega boʻladi. Koʻpchilik Hujayra koʻp funksiyali, mas, jigar H. si qon plazmasi va oʻt suyuqligi oqsillarini sin-tezlaydi; glikogen toʻplaydi va uni glyukozaga aylantiradi; yot moddalar (jumladan, dorilar)ni parchalaydi. Barcha Hujayrada umumiy funksiyaga ega boʻlgan genlar faol boʻladi. Shunday qilib, har xil Hujayralar oʻrtasidagi oʻxshashlik belgilari ularni bir-bi-ridan farq qiluvchi belgilarga nis-batan koʻproq boʻlib, kelib chiqishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash Hujayra toʻqimalarni hosil qiladi (q. Toʻqima).

Metabolitlar va ionlar — H. dagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga taʼsir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning oʻziga taʼsir koʻrsa-tib, ular faolligini oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻz-oʻzini boshqarish mexanizmlari tufayli Hujayrada hayot uchun muhim boʻlgan koʻp jarayonlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi.

Hujayra larning oʻzaro taʼsiri, nerv va gormonlarning Hujayra faolligini oʻzgarishiga olib keladigan xususiyatlari tashqaridan boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday omillar Hujayraning oʻziga xos xususiyatlarini saqlab turish uchun zarur. Hujayra kulturasiga xos sunʼiy sharoitda Hujayraning oʻziga hos koʻpgina xususiyatlari yoʻqoladi.

Eukariot Hujayra mitoz orqali oʻz-oʻzidan koʻpayadi. Odam organizmidagi Hujayra soni 1014. Ayrim toʻqimalarda Hujayra soni hayot davomida doimiy boʻlib qoladi; faqat kam ixtisoslashgan Hujayra boʻlinadi. Mas, odam organizmida sutka davomida 70 mlrd. ga yaqin ichak epi-teliysi Hujayrasi, 2 mlrd. eritrotsit nobud boʻlib turadi. Bir qancha toʻqi-malarda Hujayra toʻliq ixtisoslashgan holda Hujayra sikliga kiradi. Bunday hollarda mitoz Hujayra boʻlinmasdan xro-mosomalarning 2 hissa ortishi bilan tugaydi (q. Poliploidiya) yoki mitoz boshlanmasdan xromatidlar soni 2 hissa oshadi. Ayrim ixtisoslashgan Hujayra yadrosi umuman Hujayra sikliga kirishmaydi (mas, neyronlar, skelet mus-kullari tolasi). Bunday hollarda Hujayra hayoti organizm umrining uzoqligiga teng boʻladi. Odam Hujayrasi oʻrtacha 1 — 2 kun (ichak epiteliysi) yashaydi. Barcha Hujayra larda moddalar va struktura elementlari faol yangilanib turadi. Toʻqimalarni hosil qiluvchi beqiyos koʻp sonli Hujayra lardagi metabo-litik va boshqaruv jarayonlarining oʻzaro bogʻlanganligi, ular tarkibining doimo yangilanib turishi koʻp hujayrali organizm organlarining nuqsonsiz ishlab turishini taʼminlaydi. Hujayrani sitologiya fani oʻrganadi. Yana q. Hujayra nazariyasi, Hujayra sikli.

Ad.: Zaxarov V. B..Mamatov S. G.,So-n i i V. I., Obshaya biologiya. M., 2002; Ch ye n – sov Yu. S., Obshaya sitologiya, M., 1984; Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1—3. M., 1990; M avlonov O., Biologiya (Maʼlumotnoma|, T., 2003.

Kurash Nishonboyev, Ochil Mavlonov.


Lotin alifbosida maqola: HUJAYRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BIOLOGIYA
GOLJI KOMPLEKSI
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
BAKTERIYALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты