IXNEUMONIDLAR

IXNEUMONIDLAR (Ichneumonidae) — pardaqanotlilar turkumiga mansub parazit hasharotlar oilasi. Tanasining uz. 10—25 mm; koʻpincha, ipsimon moʻylovi uzun. Qanotlari 2 juft, baʼzan ular qisqargan boʻladi, qanotsizlari ham uchraydi (ayniqsa, urgʻochilarida). Ixneumonidlar lichinkasi hasharot va oʻrgimchaklarning tuxumida, lichinkasi va gʻumbaklarida parazitlik qiladi. Voyaga yetgan Ixneumonidlar gul changi va nektari, bitlar hamda koksidlar chiqargan suyuq shirasimon modda bilan oziklanadi. Baʼzi turlarining urgʻochilari tuxum qoʻyish uchun nayza sanchganda ajralgan xoʻjayin ge-molimfasini ichadi, baʼzi xrllarda faqat ovqatlanish uchun nayza sanchadi. Oʻrta Osiyo mintaqalarida Ixneumonidlar qamma joyda keng tarqalgan. Paxta zararkunandalari sonini tartibga solishda kuzgi tunlam qurtida parazitlik qiluvchi oʻroqsimon banxus (Banchus falcatorius F.) va shiddatli ambliteles (Amblyteles vadatorius He) kabi turlarining ahamiyati katta. Bulardan tashqari, meniskus (Meniscus agnatus Grav.) va diadegma (Diadegma crassicornis Grav.) kulrang don tunlamining kichik yoshdagi kurtlarida, shu zararkunandaning tuproqdagi katta yoshli qurtlarida esa paniskus (Paniscus gracilipes Thom.) va ambliteles (Amblyteles castigator), nitobiya (Nytobia fenestralis Holmgr.) esa karam kuyasi qurtlarida, qurollangan ambli-teles (A.armatorius Forst.) karam tunlami, kuzgi tunlam va b. tunlam qurtlarida parazitlik qiladi.


Lotin alifbosida maqola: IXNEUMONIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
YER
TOSHKENT
OʻSIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты