HUSAYNXON NIYOZIY

HUSAYNXON NIYOZIY (taxallusi; asl familiyasi Niyozov) (1895, Andi-jon — 1947.29.4, Magadan) — oʻqituv-chi, ratsionalizator, shoir. Eski maktab va madrasada tahsil olgan (1905 — 17). Fizikaga qiziqib, sirka, mis va rux plastinkalaridan galvanik bata-reyalar yasab, elektr qoʻngʻiroqlari va chiroqlarini ishga solgan. Galvanik elementlar tuzish va mushaklar yasab, olov bilan oʻynash havasi uning amaliy kimyo bilan ham shugʻullanishiga sababchi boʻlgan. 1916-y. dan Andijondagi maktablar va qisqa muddatli taʼlim-tarbiya kurslarida fizika va tabiiyot fanlaridan dars bergan (1917—23). 1923-y. oxirida Toshkentga koʻchib kelib, Markaziy tabiiyot lab. ning fizika kabineti rahbari (1924—35), muzofot ped. texnikumi (1925 — 26), oʻlka xotin-qizlar bilim yurti (1926 — 30), Narimonov nomidagi taʼlim va tarbiya texnikumi (1928) hamda sanoat pedagogika texnikumida (1930—32) fizika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Toshkent xotin-qizlar ped. texniku-mi, kechki taʼlim-tarbiya in-ti va Pokrovskiy nomidagi kechki ishchilar f-tining asos guruxlarida fizika va kimyo fanlaridan dars bergan (1932— 36). «Hikmat va kimyo darsli-gi» (1922), «Kimyo darsligi» (1926), «Fizikadan boshlangʻich musohabalar» (1927), «Kimyo» (1929), «Fizika ter-minlari» (1931) darslik va oʻquv qoʻllanmalari muallifi («Tuproq va oʻgʻit», «Fizika lugʻati» kitoblari qoʻlyozma holida boʻlib, eʼlon qilinmay qolgan).

Husaynxon Niyoziy oʻzbek mumtoz shoirlariga ergashib, gʻazallar yozgan. Uning erksevarlik va vatanparvarlik ruhidagi ashulasi Andijondagi «milliy ittihodchilar»ning madhiyasi boʻlgan.

Husaynxon Niyoziy 1919-y. da Andijonda tuzilgan «Milliy ittihod» tashkilotiga aʼzo boʻlib kirgan, keyin esa tashkilotga rahbar boʻlib qolgan. Tashkilot 1922-y. da tor-mor etilgach, Husaynxon Niyoziy tashkilotning boshqa faollari bilan birga 1923-y. da qamoqqa olingan va sovet davlatiga qarshi amaliy harakat olib bormaganligi sababli 10 oydan keyin ozod etilgan. Ammo Husaynxon Niyoziy 1938-y. 8 avg. da oʻsha «ayblar»i uchun yana qamoqqa olinib, oliy jazoga hukm qilingan. Mahbusning oʻlim kamerasidan afv soʻrab yozgan ari-zasiga 1942-y. 31 yanv. da rad javobi berilgan. Biroq, keyinchalik mahbus jazo muddatini oʻtash uchun Magadandagi lagerlardan biriga yuborilgan va oʻsha yerda vafot etgan.

Ad.: Husaynxon Niyoziy — xalq professori, T., 2001; Shamsutd i nov R., Istiq-lol yoʻlida shahid ketganlar, T., 2001.

Naim Karimov.


Lotin alifbosida maqola: HUSAYNXON NIYOZIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
FRANSIYA
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты