HUSNBUZAR

HUSNBUZAR — yogʻ bezlari faoliyatining buzilishi natijasida teriga turli xil toshmalar toshishi. Bir necha xil Husnbuzar bor. Oddiy Husnbuzar (yigit guli) koʻpincha yigit-qizlar balogʻatga yetish davrida yuz, koʻkrak va ensa terisida paydo boʻladi. Bu davrda yogʻ bezlari zoʻr berib ishlaydi. Yuz, koʻkrak va yelkalarda yogʻli seboreya alomatlari kuzatilib, teri yaltirab turadi, undagi mayda teshiklar kengayib, koʻzga tashlanadigan boʻlib qoladi, baʼzi yerlarda teri apelsin poʻstiga oʻxshab koʻrinadi. Shu teshiklarga va soch xaltachalariga yogʻ yigʻilib qolishi natijasida qora nuqtalar paydo boʻladi, ular sitilsa, yigʻilib qolgan yogʻ chuvalchangga oʻxshab buralib chiqadi. Agar shu yogʻga yiring paydo qiluvchi mikroblar tushsa, yalligʻlanish jarayoni rivojlanadi. Teri qiza-rib shishadi va sizlogʻich paydo boʻlib, kattalashadi, ogʻriydi, oʻrtasidan soch chiqib turadi, madda boylaydi, keyinchalik u yorilib, ichidan yiring chiqadi. Bora-bora oʻrnida qoramtir dogʻ qoldirib, yoʻqolib ketadi.

Baʼzan terining chuqur qavatida yogʻ yigʻilib, shish paydo boʻladi va yiring boylaydi, keyinchalik pishib yoriladi, oxiri chandiq hosil qilib, bitib ketadi. Erkaklarda koʻpincha yigʻilgan Husnbuzar uchraydi va uzoq vaqt turadi, yalligʻlanish alomatlari uncha kuchli boʻlmaydi. U bir yerda bitib, boshqa yerdan chiqaveradi; 30—35 yoshda ancha kamayadi.

Yogʻ bezidan koʻplab ajralib chiqayotgan yogʻ teri yuzasiga chiqib ketolmay, bezning biron yerida yigʻilib qoladi. Shu bez yaqinidagi teri muguz qavatining hujayralari ham qoʻshilib, yogʻ bezi yoʻlini butunlay berkitib qoʻyadi va moshdek, baʼzan esa undan kattaroq oq tuguncha hosil qiladi, bu oq Husnbuzar deb ataladi.

Oq H., odatda, yalligʻlanmaydi, kishiga azob bermaydi, faqat yuz hus-nini buzadi; u koʻpincha peshanada uch-raydi. Neft mahsulotlari va yonilgʻilar bilan ishlovchi ishchilar tirsagi-da, baʼzan terining boshqa ochiq jo-yida yogʻ bezlarining kovaklari ochiladigan teshiklarga neft, yonilgʻi, koʻmir changlari yigʻilib, yogʻ bezlari yoʻlini bekitib qoʻyadi va Husnbuzar paydo qiladi. Bu kasbga aloqador Husnbuzar dir.

Nerv sistemasi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, sil, meʼdaichak kasalliklari tufayli ham Husnbuzar toshishi mumkin.

Odatda Husnbuzar qishda sovuqda koʻp toshadi; bunga sovuqda yogʻ qotib qolib, yogʻ bezlari kovaklaridan ravon chiqib ketolmasligi sabab boʻlishi mumkin.

Baʼzan Husnbuzar toshishiga qazi, sur goʻsht, tuzlangan baliq, ikra, shokolad yeyish, shuningdek, qabziyat sabab boʻladi. Husnbuzar toshishiga moyil kishilar mumkin qadar shu taomlardan parhez qilishlari zarur. Vrach maslahati bilan quyosh nurida toblanish, dengizda choʻmilish, sport bilan shugʻullanish, ochiq havoda sayr qilish, organizmni chiniqtirish H. toshishining oldini oladi.

Terini toʻgʻri parvarish qilish \am muhim ahamiyatga ega. Yalligʻlangan toshmalardagi qora nuqtalarni sitish yaramaydi, aks holda dard ulgʻayib ketadi. Vrach ruxsatisiz har xil kremlar surtmaslik kerak.


Lotin alifbosida maqola: HUSNBUZAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: H harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
SEBOREYa
Ulug'bek Ismailov - Guli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты