ICHAK TUTILISHI

ICHAK TUTILISHI — ichak harakat faoliyatining keskin buzilishi bilan ifodalanadigan ogʻir kasallik. Ichakning toʻla yoki qisman tutilishi, shuningdek, kechishiga koʻra, oʻtkir (ichakdan ovqatning surilmay birdan turib qolishi) yoki surunkali (ovqat massa-sining oz-ozdan, bora-bora butkul oʻtmay qolishi) Ichak tutilishi farq qilinadi. Ichak tutilishining dinamik va mexanik xili bor. Dinamik Ichak tutilishi ichak harakatining buzilishi, baʼzan ichak peristaltikasining toʻxtashi sababli (paralitik shakli), baʼzan ichakning tortishib qisqarishi (spazm) tufayli roʻy beradi. Chandiqlar, oʻsma, poliplar, oʻt yoʻlidan ichakka tushgan toshlar, ichakka tushgan yot jismlar, yon aʼzolardagi oʻsmalarning ichakni siqib qoʻyishi va b. mexanik Ichak tutilishiga sabab boʻladi. Uzoq vakt och yurib haddan ziyod koʻp ovqat yeyish, ichak shilliq qavatidagi yalligʻlanish jarayonlari (kolit, enterokolit), shuningdek, ichak peristaltikasini quchaitiradigan dizenteriya, ichakning buralib birbiriga kirib qolishi va h. k. ham Ichak tutilishiga olib kelishi mumkin. Qorin sohasida qattiq ogʻriq turishi, ichak peristaltikasining kuchayishi, qayt qilish, qorin dam boʻlib ich kelmay qolishi, qon bosimining pasa-yishi, puls tezlashishi va b. I. t. xos alomatlardir. Davo zudlik bilan jarrohlik usulini qoʻllashdan iborat. Vrach kelgunga qadar oʻz bilgicha issiq yoki turli dori-darmonlar qilish yaramay-di, aks holda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: ICHAK TUTILISHI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



DIZENTERIYA
YER
OʻSMALAR
KOLIT
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты