ICHAN QALʼA — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.
Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qalʼa da. Undagi meʼmoriy yodgorliklarning yara-tilish tarixi, asosan, 4 davrga taal-luqli: birinchisi Xorazmning qad. davridan to moʻgʻullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Koʻqna arkning gʻarbiy devori, qalʼa devorining shim. sharqiy burchagidagi qad. davrga mansub burj va qalʼa devori qoddiqlari saklanib qolgan. Ikkinchisi Xorazmning 1220-y. dagi moʻgʻullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va b. mahobatli binolar qurilgan. Uchinchi davri 16—17-a. larga toʻgʻri keladi. Shu paytda (Abulgʻozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davri) Ichan qalʼada Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675), Xoʻjamberdibek madra-sasi (1688) kabilar bunyod etildi, Koʻhna ark istehkomlari mustaqkamlandi, koʻrinishxona (xonning qabulxona-si) qurildi (1686—88). Buxoro bilan Eron oʻrtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (18-a. ning 1-yarmi) Ichan qalʼa va, umuman, Xiva sh. qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat boʻlib turdi).
Toʻrtinchi davri 18—20-a. larni oʻz ichiga oladi. Bu davrda Oʻrta Osiyo mahalliy meʼmorligi anʼanalari asosida masjid, Madrasa, tim va toqilar qurildi. Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yoʻl oʻtkazildi. 18-a. oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora qad koʻtardi. Ichan qalʼaning xaroba devorlari tiklan-di, bir qancha imoratlar taʼmir qilindi. 1840—12 y. larda ikki qavatli Kutlugʻ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. Muhammad Rahimxon (1806—25), Olloqulixon (1825— 42), Muhammad Aminxon (1845—55) hukmronligi davrida Ichan qalʼada qurilish avj oldi. Muhtasham saroy, Madrasa, maqbaralar barpo etildi: Koʻhna arksat saroy qurilishi tugallandi. Yangi va katta Tosh hovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qoʻrgʻon devorining bir qismi buzilib, oʻrniga Olloqulixon karvon saroyi, madrasasi va timi qurildi, xalq ijodining ajoyib namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi qad koʻtardi. Arab Muhammadxon va Musa Tura madrasalari ham shu davrda yaratildi. Muhammad Aminxon Ichan qalʼaning gʻarbiy qismiga — Koʻhna ark yoniga Kalpsh minor nomi bilan mashhur boʻlgan minora qurdirdi. Bu minora garchi bitkazilmay qolgan boʻl-sada, Ichan qalʼa mujassamotida katta oʻrin tutadi.
Ichan qalʼa qurilishida Xiva meʼmorlari Oʻrta Osiyoda qadimdan qoʻllanib kelgan uslub — inshootlarni roʻparama-roʻpara qurish uslubi («qoʻsh»)dan foydalanishgan. Mac, Olloqulixon mad-rasasi b-n Qutlugʻ Murod Inoq madrasasi, Shergʻozixon madrasasi bilan Pah-lavon Mahmud maqbarasi shu uslubda qurilgan. Ichan qalʼa meʼmorligining yana bir oʻziga xos xususiyati binolarning alohida ansambl holida qurilganligi. Mas, Juma masjid yonidagi ikkita kichik Madrasa, Muhammad Amin Inoq va Matpanoboy madrasasi xamda Mat-niyoz devonbegi madrasasi ancha yirik ansambldir. Polvon darvoza oldidagi bir necha masjid va madrasalar, ham-mom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi oʻziga xos ansamblni tashkil etadi. Qutlugʻ Murod Inoq bilan Olloqulixon madrasasi, Tosh hovli bilan Oq masjid oʻrtasidagi maydoncha shu ansamblning mujassamot markazidir.
Ichan qalʼa meʼmoriy yodgorliklari yogʻoch oʻymakorligi, sangtaroshlik, ganchkorlik, sirkor sopol va b. rang-barang naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Ichan qalʼa ansambli meʼmoriy yodgorlik sifatida muhofazaga olinib, muzeyga aylantirilgan (1961). 1990-y. dan Ichan qalʼa Butun jahon yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
1997-y. da Xiva sh. ning 2500-yilligi munosabati bilan asosiy yoʻnalishlarda joylashgan yedgorliklarni muntazam ravishda taʼmirlashtiklash ishlari olib borildi.
Ad.: Mankovskaya L., Bulatova V., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.