ICHKI SEKRETSIYA

ICHKI SEKRETSIYA — organizmdagi har xil aʼzo va toʻqimalarning qonga yoki toʻqima suyuqligiga maxsus moddalar ishlab chiqarishi. Odatda, Ix. bezlari (endokrin bezlar) deganda maxsus fiziologik faol moddalar — gormonlarni sintezlab, organizmning bevosita ichki muhiti — qon va toʻqima suyuqligʻiga chiqaruvchi bezlar tushuniladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez yonidagi bezchalar, buyrak usti bezlari, meʼda osti bezining orolcha (ink-retor) qismi, jinsiy bezlarning bir qismi, shuningdek, epifiz (gʻurrasimon bez), ayrisimon bez (timus) kiradi. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlib, yagona funksional sistemani tashkil etadi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. Gipofiz I. s. bezlari orasida alohida oʻrin tutadi. Ichki sekretsiya bezlaridan chiqadigan gormonlar organizmning turli aʼzo va sistemalarini bir-biriga bogʻlaydi, organizm funksiyalarining gumoral yoʻl bilan (suyuqliklar vositasi b-n) boshqarilishida qatnashadi. Ichki sekretsiya bezlarining asosiy vazifasi moddalar almashinuvi, oʻsish, jismoniy taraqqiyot va balogʻatga yetishni boshqarishdan iborat.

Organizmning oʻzgarib turadigan tashqi va ichki muhit sharoitiga moslashuvida Ichki sekretsiyaning ahamiyati katta. Mas, gavda t-rasining refleks yoʻli b-n boshqarilishida gipofiz va qalqonsimon bezdan chiqadigan gormonlar miqdori oʻzgarib turadi. Organizmga infeksiya, intoksikatsiya (zaharlanish), shikastlar, ogʻriq taʼsir etganda, kishi hayajonlanganda va shunga oʻxshash hollarda buyrak usti bezlari, gipofiz va qalqonsimon bez tegishli gormonlarni koʻproq chiqaradi; ayni vaqtda, moddalar almashinuvi kucha-yib, yurak urishi tezlashadi, shikastlar yoki intoksikatsiya taʼsirida qon bosimi koʻtariladi va organizmning boshqa bir qancha funksiyasi faolla-shadi, bularning hammasi organizmning oʻzgargan sharoitga moslashuviga yordam beradi. Ichki sekretsiya bezlari garchi bir-biriga taʼsir etsa ham, biror bezning koʻproq zararlangani haqida fikr yuri-tishga va uning kasalligi haqida ga-pirishga imkon beradigan muayyan sim-ptomlarni ajratish mumkin. Mas, gipofizning oldingi boʻlagi yetarli ishlamaganda boʻy oʻsmaydi, odam ozib ketadi (kaxeksiya); gipofizning orkadagi boʻlagi yetarli ishlamaganda qandsiz diabet, oldingi boʻlagi kasallanganda gigantizm va akromegaliya roʻy beradi va h. k. Buyrak usti bezlari poʻstloq qavatining funksiyasi buzilganda bronza kasalligi, ayollarda shu qavat gormonlaridan biri ortiqcha hosil boʻlganda virilizm roʻy beradi. Buyrak usti bezlarining magʻiz qavati zararlanganda adrenalin koʻp ishlanib chiqishi tufayli qon bosimi dapqir-dapqir koʻtariladi, gavda t-rasi oʻzgarib turadi, qonda qand koʻpayadi (giperglikemiya). Meʼda osti bezining orolcha (inkretor) qismi insulin gormonini kam chiqarganda qandli diabet paydo boʻladi.

Qalqonsimon bezning ortiqcha ishlayotganligi diffuz toksik buqoqda, kam ishlayotganligi esa miksedema va endemik buqoqda namoyon boʻladi. Qal-qonsimon bez yonidagi bezchalar yetarli ishlamaganda kalsiy va fosfor almashinuvi, jigarning zaharlarni za-rarsizlantirish funksiyasi buziladi, natijada tetaniya roʻy beradi.

Ichki sekretsiya bezlarining kasalliklarini endokrinolog vrach davolaydi. Bemorga gormonal preparatlar, rentgenoterapiya, operatsiya, parhez, fizioterapiya va iqlim bilan davolash buyuriladi.

Ad.: Qodirov U. 3., Odam fiziologiyasi, T., 1996; Ahmedov N. K., Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya, T., 1990; Klinicheskaya endokrinologiya: Rukovodstvo dlya vrachey / Pod. red. Starkovoy N. T., M„ 1991.


Lotin alifbosida maqola: ICHKI SEKRETSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BEZ
ENDOKRIN BEZLAR
Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi
ENDOKRINOLOGIYA
BIOLOGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты