ISH VAQTI

ISH VAQTI — xodimning ijtimoiy tashkil etilgan mehnatda ishtiroki davomiyligi meʼyori; xodim bevosita oʻz mehnat vazifalarini bajarishi uchun lozim boʻlgan, qonun bilan yoki qonun asosida belgilangan vaqt.

Tabelda belgilangan, yaʼni Ish vaqtida ish joyida boʻlganlikni hisobga olish xujjatida qayd qilingan real vaqt Ish vaqti hisoblanadi. Ish vaqti ishlab chiqarish uchun ketgan mehnat sarfi va mehnat xara-jatlari hajmini ifodalaydi, yaʼni mehnatning oʻlchovi hisoblanadi. Ish vaqtini oʻlchashning asosiy birliklari kishi-kun, kishi-soat, kishiminut (xronometraj, ish vaqti fo-tografiyasi va lahzaviy kuzatishlar oʻtkazish), kishi-oy, kishichorak, kishi-yil kabilardan iborat. Tabel hisobi kishi-kunda hisoblanadigan Ish vaqti haqidagi maʼlumotlarning asosiy manbadir.

Xodimlar uchun Ish vaqtining meʼyori muddati haftasiga 40 soatdan ortiq boʻlmasligi, 6 kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati — 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 8 soatdan ortib ketmasligi shart. Ayrim to-ifadagi xodimlar uchun ular yoshi, sogʻligʻi, mehnat shartlari, mehnat vazifalarining oʻziga xos xususiyatlari va oʻzga holatlarni inobatga olib, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga, shuningdek, mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnat haqini kamaytirmasdan, Ish vaqtining qisqartirilgan muddatlari belgilanadi (q. Ish kupi). Mazkur ishlarning roʻyxati va Ish vaqtining aniq muddati OʻzR hukumati tomonidan belgilanadi. Bay-ram kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi keli-shuvga binoan, ishga qabul qilish chogʻida va keyinchalik ham toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilab qoʻyilishi mumkin. Toʻliqsiz Ish vaqti sharti bilan ishlash xodimning yillik asosiy mehnat taʼtili muddatini, mehnat stajini hisoblash va b. mexnatga oid huquklarni bironbir tarzda cheklashga asos boʻla olmaydi, bunda ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq toʻlanadi.

Korxona va muassasalarda mehnat rejimlarini ratsional oʻrnatish, ish grafiklarini, ish kuni davomida ishlash va dam olish rejimlarini tu-zish, asbob-uskunalar va ishchilarning bekor turish vaqtini hamda Ish vaqtini unumsiz sarflashini tugatish tadbirlari ishlab chiqiladi. Mehnat rejimi ish boshlanishi va tugashi, ovqatlanish uchun tanaffus vaqti qamda korxona xodimlarining oʻz vazifalarini baja-rayotgan vaqtdagi axloq qoidalarini, huquq va burchlarini aniqlashni koʻzda tutadi. Ish va dam olish kunlarining almashinuvini, smenalarning davom etish vaqtini, ishchilarini bir smenadan ikkinchisiga oʻtish tartiblarini belgilash uchun ish grafiklari tuzil adi.

Xalqaro mehnat statistikasi 8konferensiyasi (1962-y.) hujjatlarida Ish vaqtini meʼyordagi Ish vaqti (qonun hamda qoidalar bilan yoki ularga muvofiq, shuningdek, jamoa shartnomalari va arbitraj qarorlari bilan belgilangan vaqt), qaqi qi y I. v. (jumladan, meʼyordagi vaqt oraligʻida haqiqiy ishlangan soatlar, ish oʻrnida ishga tayyorlanish uchun ketadigan vaqt, ish joyida ishsiz oʻtkaziladigan, ammo mehnat shartnomasida haq toʻlash kafolatlab qoʻyilgan vaqt, ish oʻrnida odam olishga sarf boʻladigan qisqa vaqtlar) va haq toʻlanadigan Ish vaqtiga ajratish tavsiya etiladi.

Dilfuza Rahimova, Risolat Ishmuratova.


Lotin alifbosida maqola: ISH VAQTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
KALENDAR
VAQT
TOSHKENT
ERON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты