ISH HAQI

ISH HAQI — mehnatga pul shaklida toʻlanadigan haq; qiymatning oʻzgargan shakli, ish kuchi (taqdim etilgan mehnat xizmati)ning bahosi. Ish kuchi qiymati va narxi bevosita Ish haqida ifodalanadi. Ish haqi darajasi mehnat bozorilz kelishiladi. Xodim mehnat bozorida mehnatni emas, oʻz ish kuchini sotadi. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi bahosi boʻlib, uni ishga yollovchilar (korxona, muassasa, tadbirkor) mehnat qiluvchilarga maʼlum vaqt mobaynida maʼlum miqsordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun toʻlaydilar. Yollanma xodim uchun Ish haqi asosiy daromadi manbai hisoblanadi.

Bozor iktisodiyoti sharoitlarida mehnatning miqdori va sifatiga qarab mehnatga qaq toʻlashning, asosan, vaqtbay va ishbay tizimlari qoʻllaniladi. Vaqtbay Ish haqi shaklida xodim oladigan Ish haqi miqaori ishlagan vaqt bilan boglik boʻladi, yaʼni Ish haqi miqdori mehnat unumdorligi va intensivlik darajasiga bogʻliq emas. Ishbay Ish haqi xodimning maʼlum vaqt mobaynida tayyorlangan mahsuloti mikdori bilan oʻlchanadi. Ishbay Ish haqining koʻrinishlaridan biri akkord I. h. bunda jamoa yoki ayrim xodimga ish hajmi oldindan belgilab beriladi, umumiy haq summasi kelishib olinadi. Ish butunlay yakunlanganidan keyin Ish haqi oxirigacha toʻlanadi. Ish haqining bunday shaklidan koʻpincha qurilishda foydalaniladi. Bulardan tashqari Oʻzbekistonda Ish haqidan tashqari mehnatda erishgan yutuklari uchun mukofotlash ham mavjud. Bular vaqt-bay mukofot, ishbay mukofot tizimlari hamda korxonada olingan foyda hisobidan ajratiladigan moddiy ragʻ-batlantirish fondidan mukofotlash tizimidir.

Ish haqi miqdori yollanma xodimlarning turmush darajasini ifodalovchi koʻrsatkichdir. Nominal va real Ish haqi koʻrsatkichlari mavjud. Nominal Ish haqi yollanma xodimning oʻz mexnati evaziga olgan pul daromadalari. Real Ish haqi xodimning olgan Ish haqiga qancha va qan-day isteʼmol buyumlari sotib olishi va madaniy-maishiy xizmatlardan foydalanish mumkinligini koʻrsatadi.

Odatda, mehnat bozorida ish kuchiga muvozanatli narx shakllanadi. Bu narx Ish haqi yoki Ish haqi stavkasi deb ataladi. Mehnat birligining bozor narxi Ish haqi miqori (stavkasi) boʻlib, lavozim okladi tarzida yoki shartnomaga muvofiq belgilab qoʻyiladi, lekin mamlakatda qonun b-n belgilangan eng kam I. h – darajasidan oz boʻlishi mumkin emas. Shuningdek, Ish haqi h – miqsori muay-yan vaqt birligi (soat, kun, hafta, oy) ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega boʻlgan mehnatga toʻlanadigan haq darajasini belgilaydi.

Ish haqi H – yollanma xodim daromadining asosiy manbai, unga tegishli ish krbiliyatiga boʻlgan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan roʻyobga chiqarish shakli. Shu bilan birga ish beruvchi uchun yollanma xodimlar mehnatiga toʻlanadigan haq ishlab chiqarish xarajatlarining unsurlaridan biri. Ish beruvchi mehnat resurslaridan i. ch. omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid qiladi.

Ish haqining asosiy vazifasi Ish haqining bevosita qatnashchisi boʻlgan xodim qamda uning oila aʼzolarining hayot va mehnat faoliyati sharoitlarini taʼminlashidan iborat. Qiymatning mehnat nazariyasi ish kuchini alohida, oʻziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli, bu nazariya I. h. ni tovar boʻlgan ish kuchi qiymatining oʻzgargan shakli, yaʼni uning puldagi ifodasi deb hisoblaydi va uni ish kuchini takror i. ch. uchun zarur boʻlgan tirikchilik vo-sitalari qiymati tarzida taʼriflaydi. Ish haqiga ish kuchi qiymatining puldagi ifodasi sifatida qarash aniq mehnat bozorida Ish haqi darajasiga talab va taklif omillarining taʼsirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mehnat bozorida real Ish haqining oʻrtacha darajasi yashash uchun zarur tirikchilik vositalari minimu-miga qaraganda ancha yuqori darajada turadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida Ish haqi xajmiga bir qator bozor omillari (tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif oʻzgarishlari, mehnatga boʻlgan talab narxining oʻzgaruvchanligi, isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxi oʻzgarishi va b.) va bozordan tashqari omillar taʼsir koʻrsatadi, buning natijasida mehnatga xaq toʻlashning muayyan darajasi vujudga keladi.

Rivojlangan mamlakatlarda Ish haqini tashkil etish (I. h. miqdori, mehnat miqdori va sifati bilan unga toʻlanadigan haq mikdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlash, mehnatni meʼyorlash, tarif tizimi va b.) va tartibga solishda davlat muhim rol oʻynaydi. Ularda tarixan Ish haqini tashkil etish va tartibga solishning markazlashgan davlat tizimi va markazlashmagan tizimi qaror topgan. Ish haqini tartibga solishning markazlashmagan tizimi xususiy mulk egalari yoki jamoa mulkdorlar hamda kasaba uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, kooperativlar va b. tomonidan amalga oshiriladi.

Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar va tashkilotlar uchun umumiy va majburiydir.

Ish haqini davlat tomonidan tartibga solish va tashkil etishning muhim unsuri tarif tizimi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakat boʻyicha hukumat belgilagan, asosan ishchi va xizmatchilar Ish haqini tashkil qilishda foydalanishi uchun tav-siya etiladigan yagona tarif tizimi (setkasi) amal qiladi, korxona (tashkilotlar)lar yagona tarif setkasi asosida oʻz tarif setkasini ishlab chiqish va razryadlar sonini belgilash huquqiga ega.

Oʻzbekistonda dastlab 1993-y. 1 yanv. dan 28 Ish haqi razryadlariga boʻlingan va 0—28 razryadlar oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 14,28 boʻlgan yagona tarif stavkalari joriy qilindi. 1996-y. 1 sent. da esa Ish haqi razryadlari 22 ta va 0—22 Ish haqi razryadlari oʻrtasida tarif koeffitsiyentlari farqi 5,998 boʻlgan yangi yagona tarif setkasi qabul qilindi. Yagona tarif stavkasi xodimlarning barcha kasb-malaka guruhlari boʻyicha tarif stavkalari va maoshlari nisbatini belgilashda mehnat ta-fovutlariga baho berishga yagona yondo-shuvni taʼminlaydi.

Ish haqini tartibga solishning davlat tizimi 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi:

1) davlat tomonidan ish haqi minimumi (eng kam ish haqi mikdori) belgilanadi. Inflyatsiya jarayo-nida eng kam ish haqini indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi;

2) korxonalarda ishlovchi xodimlarning barcha toiflari uchun oʻrtacha Ish haqining ortib borishi maʼlum darajada cheklanadi. Davlat bu usuldan tanglik holatlarida inflyatsiya surʼatlarini pasaytirishda foydalanadi;

3) Ish haqining oʻrtacha ortib borishiga karab ortib boruvchi soliq stavkalari belgilanadi. Bu eng yuqori Ish haqi darajasining oʻsishiga taʼsir koʻrsatish va uni iqtisodiy usullar bilan cheklash imko-nini beradi (q. Daromad soligʻi).

Yollanma xodimlar Ish haqini davlat yoʻli bilan tartibga solish aholining eng kam taʼminlangan qatlamlari — yoshlar, malakasiz xodimlar, mehnat qobiliyati cheklanganlar va b. ni ijtimoiy himoya qilishda, inflyatsiya, real Ish haqining pasayishini cheklashda muhim ahamiyatga ega.

Zamira Musayeva, Qodirjon Yusupov.


Lotin alifbosida maqola: ISH HAQI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BOZOR
MEHNAT BOZORI
IBN SINO
BOZOR IQTISODIYOTI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты