ISHKOM

ISHKOM — toklarni koʻtarib oʻstirish uchun poya va bagʻazlardan qurilgan arksimon soʻri. Toshkent vohasi va Fargʻona vodiysida koʻp qoʻllanadi. Ishkom uchun, asosan, 2—3 yillik toʻgʻri oʻsgan, yoʻgʻonligi 8—10 sm, 5—6 m uzunlikdagi qora tol novdasidan poya tayyorlanadi (poyalar poʻstlogʻi shilib tashlanadi). Poyalar tok qatorlarining har ikki tomoniga tupidan 0,5 m qochirib har 1 — 1,5 m oraliqda yerga qadab chiqiladi (poyalar bilan toklar oʻrtasida 50-50 sm oraliq qoldiriladi). Ikkala tomondagi poyalar egilib, uchlari bir-biriga chalkashtirib bogʻlanadi. Ishkomning bal. 2,5—3 m. Yerga qadalgan poyalarga koʻndalangiga yoʻgʻonligi 4—5 sm boʻlgan tol xodalaridan 50—70 sm oraliqda 4—5 qator bagʻaz bogʻlab chiqiladi. Na-tijada yoysimon Ishkom hosil boʻladi. Bunda ikkita Ishkom oraligʻida joylashgan tok novdalarining yarmi bir tomonga, ikkinchi yarmi ikkinchi tomonga taralib, bagʻazlarga bogʻlanadi. Ishkomga koʻtarilgan toklarni parvarish qilishda mexani-zatsiyadan toʻla foydalanib boʻlmaydi, har 3—4 yilda Ishkomni yangilab turishga toʻgʻri keladi. Uni qurish va har yili taʼmirlash uchun koʻplab mehnat va ash-yolar sarflanadi. Shuning uchun koʻproq voish deb ataluvchi takomillashgan usuldan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ISHKOM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
TOSHKENT VILOYATI
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты