JANNA DʻARK

JANNA DʻARK (Jeanne dʻArc) , Orlean qizi, (taxm. 1412, Domremi qishlogʻi — 1431.30.5, Ruan) — Fransiyaning milliy qahramoni. Oddiy dehqon oilasida JJ tugʻilgan, yoshligidan taqvodor boʻlib oʻsgan. Yuz yillik urush (1337 — 1453) davrida ingliz bosqinchilariga qarshi fransuz xalqining umumxalq kurashiga rahbarlik qilib, uruщda tubdan burilish yasalishiga sababchi boʻlgan. Orlean qamalini eshitgach, u Vokuler sh. ga kelib, qalʼa boshligʻini oʻzining zimmasiga Fransiyani inglizlardan xalos etish vazifasi yuklatilganligiga ishontira oldi. Erkakcha kiyingan va qurollangan Janna katta qiyinchiliklar bilan valiaxd shahzoda Karl qabuliga kirib (1429-y. fev.) uni keskin harbiy harakatlarni boshlashga daʼvat eta olgan. Yoshgina qizaloqqa fransuz qoʻshiniga qoʻmondonlik qilish topshirilgach, Janna dʻark dʻA. ilohiy mujdalar yordamida birin-ketin ajoyib gʻalabalarni qoʻlga kirita boshlagan. Janna dʻark dʻA. kamaldagi Orleanni xalos qilgach (1429-y. 8 may), unga Orlean qizi nomi berilgan. Pate yonidagi jangdagi gʻalaba (1429-y. 18 iyun), Shampan grafligini ozod qilinishi uning obroʻsini yanada oshishiga sabab boʻlgan. Janna Reymsni ozod qilib valiaxd Karl VII ni Fransiya qiroli deb eʼlon qilgan va unga toj kiydirish marosimini oʻtkazgan (1429-y. 17 iyul). J. dʻA. ning oddiy xalq va askarlar oʻrtasida obroʻsi oshib ketishi qirol va saroy aristokratiyasiga yoqmagan. Uni harbiy harakatlarga rahbarlik qilishdan chetlatganlar. Kompyen ostonalarida boʻlgan jangda Janna dʻark dʻA. inglizlarga ittifoqchi boʻlgan burgundlar tomonidan asir olingan (1430-y. 24-may) va Burgundiya gersogi uni 10000 livrga inglizlarga sotgan. 1430-y. oxirida inglizlar J. dʻA. ni Ruan sh. ga keltirib, cherkov sudiga topshirganlar. Cherkov sudi uni dahriylik va jodugarlikda ayblagan. Janna dʻark dʻA. ni Ruanning markaziy maydonida yoqishgan.

Yuz yillik urush tugagach, Fransiyada chaqirilgan Oqlov jarayonida Janna dʻark dʻA. ning aybcizligi tula isbotlangan (1456). Rim papasi keyinchalik uni avliyolar qatoriga qoʻshgan (1920). Hoz. kunda Janna qatl etilgan joy oq but chekilgan marmartosh bilan belgilangan. U haqida juda koʻp ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan. F. Shiller «Orlean qizi», A. Frans «Janna dʻArk tarixi», B. Shou «Avliyo Janna» pyesaxronikalarini yozishgan. M. Tvenning «Janna dʻArk» tarixiy romani oʻzbek tilida nashr qilingan (T., 1965).

Qahramon Rajabov.


Lotin alifbosida maqola: JANNA DʻARK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
HARBIY SANʼAT
XITOY
IKKINCHI JAHON URUSHI
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты