ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI

ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI — korxonaning mahsulot i. ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, xarajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy xarajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati xarajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan xarajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun xarajatlar.

Umumiy (yalpi) xarajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i. ch. xarajatlari — konkret mahsulot i. ch. ga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan xarajatlar. Bilvosita xarajatlar — maxsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan xarajatlar. Oʻrtacha xarajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan xarajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) xarajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i. ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar (yana q. Muomala xarajatlari).

Sherqul Shodmonov.


Lotin alifbosida maqola: ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISH HAQI
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты