ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH

ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH — mashinalashtirilgan i. ch. ni nazorat qilish va boshqarish ishlarini avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklash; i. ch. ni mexanizatsiyalashtirishning yuqori bosqichi. Fan va texnika taraqqiyotinnng asosiy yoʻnalishlaridan biri. Mehnat unumdorligi, maqsulot sifati, mehnat madaniyati va b. omillar i. ch. koʻrsatkichlarini yuqori darajaga koʻtarish imkonini beradi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning qisman (lokal), yalpi (kompleks) va toʻla avtomatlashtirish bosqichlari mavjud. Qisman avtomatlashtirish bosqichida i. ch. ning alohida ish turlari (suyuklik sathi balandligi, t-ra, bosim va b.) ni rostlab turish ishlari avtomatlashtiriladi. Yalpi avtomatlashtirish bosqichida bir necha qismanʻ av-tomatlashtirilgan ish turlari boʻlim, sex, korxona miqyosida oʻzaro bogʻlangan boʻladi, yagona avtomatik majmua sifatida muayyan dastur boʻyicha boshq-ariladi. Boshqarish ishlari odam (operator) nazorati ostida oʻtadi. Toʻla avtomatlashtirish bosqichida esa i. ch. jarayonining barqarorligi, ish turlari oʻzgarmasligi ishning yuqori samarali boʻlishini taʼminlaydi. Odam uchun xavfli i. ch. sharoitlarida toʻla av-tomatlashtirishdan foydalanish ay-niqsa oʻrinli boʻladi.

Avtomatlashtirish vositalarining baʼzilari qadimdan paydo boʻlgan. Ammo mayda hunarmandchilik sharoi-tvda (18-a. gacha) bunday qurilmalar amalda qoʻllanilmagan. Mehnat qurollari va uskunalarining takomillashtirilishi, yangi mashina va mexa-nizmlarning yaratilishi natijasida (19-a.) i. ch. hajmi va darajasi keskin oʻzgardi. Bu hol ishlab chikarishni mexa-nizatsiyalashtirish uchun zarur shartsharoit yaratib berdi (mas, yigirish, toʻqish, metall va yogʻoch ishlash korxonalarida). 20-a. boshlarida kuchlanish rostlagichi ixtiro qilinganidan key-in elektr energiyasidan i. ch. da foydalaniladi; koʻp operatsiyali agregat-stanoklar va avtomatliniyalar vujudga keladi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tushunchasi shu davrda paydo boʻldi.

Avtomatlashtirilgan boshqarish qurilmalari va i. ch. jarayonlarini oʻzlashtirish ogʻir sanoat va mashina-sozlikni barpo qilish bilan bir vaqtda (30y. larda) boshlandi. Ogʻir, yengil va oziqovqat sanoatlarida avtomatlashtirilgan qurilmalar qoʻllanila boshladi, transport avtomatikasi tako-millashdi. Energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, kommunal xoʻjalik, i. t. in-tlarida avtomatika lab. lari tashkil etildi. 50-y. larga kelib xalq xoʻjaligining deyarli barcha tar-moklarida avtomatika qoʻllanila boshladi. GES agregatlarini toʻla avtomatik boshqarishga oʻtildi, suv b-n taʼminlash tizimlari va b. sohalar avtomatlashtirildi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning ilmiy asoslari, asosan, uch yoʻnalishda rivojlandi. Birinchidan, boshqarish obyektlarining qonuniyatlari, dinamikasi, turgʻunligi va tashqi omillar taʼsirini oʻrganishning samarali metodlari ishlab chiqildi. Bu masalalarni tadqiqrtchilar, konstruktorlar, texnologlar birgalikda hal qiladi. Ikkinchidan, boshqarish metodlarining samaradorligi, boshqarish funksiyasining maqsadi aniqlandi. Shu asosda boshqarishga oid qaror qabul qilish qoidalari belgilandi. Uchinchidan, oʻlchash, natijalarni qayta ishlash va boshqarish fun-ksiyalarini amalga oshiradigan avtomatika vositalarining tuzilishini uygʻunlashtirishning puxta, oddiy va samarali muhandislik usullari ishlab chiqildi. Lekin Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni takomillashtirish va rivojlantirishga doir ishlar uzluksiz davom etadi. Sexlar, om-borlar va ishlab chiqarishning boshqa joylarida axborot (informatsiya) larni tuzish va dastlabki ishlash klavishli qurilmalar vositasida bajariladi, yigʻilgan axborotlar qayta ishlashga uzatiladi. Axborotlarni avtomatik qayd qilish uchun datchiklardan foydalaniladi. Axborotlarni uzatish qurollari — signal oʻzgartirgichlari, telemexanika apparaturasi, signallarni taqsimlovchi kommutatorlar va b. dan iborat. Axborotlarni mantiqiy va matematik ishlash qurilmalari — signallarning xarakteri va shaklini oʻzgartiruvchi funksional oʻzgartirgichlar axborotni berilgan algoritm boʻyicha qayta ishlovchi qurilmalar (shu jumladan, hisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi qurilmalar (shu jumladan, xisoblash mashinalari) va b. ni uz ichiga oladi. Axborotlarni kursatuvchi kuril-malar — signal tablosi, mnemonik sxemalar, milli va raqamli asboblar, elektron-nur trubkasi, harf va raqamli bosma mashinalar operatorodamga i. ch. jarayonlarining borishini kursa-tadi va muhim parametrlarni qayd qilib boradi. Boshqarish taʼsirlarini ishlab chiqadigan qurilmalar axborotlarning kuchsiz signallarini kuchli impulslarga aylantiradi. Bu im-pulslar himoya, rostlash yoki boshkdrish qurilmalarining ijro organiga taʼsir etib, ularni ishga tushiradi. Axborotlarni yigish va dastlabki ishlash vositalari majmui xalq xujaligi tarmoqlarini boshqarishni avtomatlashtirishga imkon beradi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirishda i. ch. ni maqbul (optimal) rejimda olib borishga imkon beruvchi nazorat va rostlash jihrzlari, analitik texnika va dasturli boshqarish majmualari ham juda muhim. Mac, gidroelektr st-yalarida suv havzasidan chiqqan suv gidroagregat turbinalaridan uzluksiz oʻtib turadi. Avtomatik rostlagichlar turbinalarning aylanishlar sonini, ishlab chiqarilgan tok chastotasi va kuchlanishini, faol (aktiv) va reaktiv quvvatlarni rostlab turadi. Himoya qurilmalari avariyaning oldini oladi. Avtooperator agregatlarini jadvalga mos holda ishga tushirib va toʻxtatib turadi. Energotizim dispetcheri telemexanika qurilmasidan foydalanib, GES ni uzoqdan (markaziy pultdan) turib boshqaradi. Oʻzbekistondagi de-yarli hamma GES lar shunday tartibda ishlaydi.

Issiqlik elektr st-yalarini boshqarish ancha qiyinroq. Quvvati bir necha yuz MVt li «qozon — turbina — generator — transformator» bloki turli agregatlardan tashkil topgan. Mas, quvvati 800 MVt li blokda 1000 ga yaqin boshkarish obyekti va 1300 ga yaqin nazorat qilinuvchi parametrlar bor. Avtomat boshkarish tizimi yordamida shu obyekt va parametrlarni bitta muhandis-operator boshkaradi.

Texnologik jarayonlari uzluksiz oʻtadigan kimyo, neft kimyosi, gaz va farmatsevtika sanoati, suv taʼminoti, kanalizatsiya va b. ni ham avtomatlashtirish mumkin. Konchilikda tog jinslarini qoʻporish usullarini takomillashtirish b-n birga, bu ishni samarali avtomatlashtirishga imkon beradigan termik, elektr va akustik qoʻporish usullari rivojlanmoqda; shaxtalarda EHM (elektron hisoblash mashinasi) va kompyuterlar qoʻllanilmoqda.

Metallurgiyada foydali qazilmalarni qayta ishlash jarayonlari, asosan, siklli tartibda olib boriladi. Domna ishlab chikarishida barcha asosiy parametrlar avtomatik tarzda oʻlchanadi va rostlanadi. Issiklik rejimini boshqarish tizimida EHM va kompyuterlar qoʻllaniladi. Marten pechlarida gaz sarfi avtomatik rostlab turiladi.

Prokat stanlarida asosiy yuritma, qisish qurilmalarining yuritmalari va yordamchi mexanizmlarni boshqarish avtomatlashtirilgan. Hisoblash mashinalari yordamida ma-teriallarni chiqindiga chiqarmasdan bichish tizimi qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon mashinasozligida Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish a, texnika taraqqiyotining asosidir. Avtomat-stanoklar bilan birga koʻp operatsiyali agregatlar, gidravlik, pnevmatik, elektr yoki aralash boshqarish tizimlari yaratildi va takomillashtirilmoqda. Dasturli boshqariladigan metall ishlash stanoklarining ish sikli toʻla avtomatlashtirilganda ham stanoklarning universalligi saqlanadi. Yigʻish jarayonlarini avtomatlashtirish mashinasozlikning murakkab va dolzarb masalalaridan hisoblanadi. U katta iqtisodiy samara beradi. Yigʻilgan uzel va buyumlarning sifati yigʻish vaqtida avtomatik ravishda uzluksiz tekshirib turiladi. Mas, Toshkent q. x. mashinasozligi z-dida shpindellar avtomat liniyada tay-yorlanadi, paxta terish mashinalari avtomat konveyerlarda yigʻiladi, Andijondagi «OʻzDEU avto» korxonasida barcha ishlar avtomatlashtirilgan.

Radiodetallar, elektron lam-palar, ion asboblar, elektron-nur trubkalari, tranzistorlar, montaj simlari, radioelektron apparatlar va televizorlarni i. ch. toʻla avtomatlashtirilgan. Yengil sanoatda avtomatlashtirilgan kurilmalar va korxonalarni boshqarishning avtomat tizimlari joriy etilgan va etilmoqda. Poyabzal, galantereya va b. tarmoqlar buyumlarni yalpi ishlab chiqaradigan yuqori unumli avtomat kurilmalar bilan taʼminlangan. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ham Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning ahamiyati katta. Mahsulotlarni ishlash (artish, toʻgʻrash, maydalash va b.) avtomat qurilmalari masalliklarning toʻyimliligi va xushxoʻrligini toʻla saqlaydi, iyerofgarchilikni ancha kamaytiradi.

Paxta sanoatida ham yalpi avtomatlashtirish joriy qilingan. Ularda paxtan i qabul qilishdan tortib, tola, chigʻit va momiq ajratib olish va tolani toylashga qadar jarayonlarni avtomatlashtirish majmualari mavjud. Transportda yukva yoʻlovchilar tashish salmogʻining oʻsishi transportning barcha turlarini kengaytirish va mavjud liniyalarda harakatni tezlatish bilan bogʻliq. T. y. transportini ekspluatatsiya qilishni avtomatlashtirish poyezdlarning qatnash grafiklariga aniq rioya qilishga va harakat xavfsizligini taʼminlashga imkon beradi. Poyezdlar «avtomashinist» yordamida boshqarilmoqda. Yuk va passajir kemalarida koʻp ishlar avtomatlashtirilgan. Samolyotlar «avtopilot»dan foydalanib boshqarilmoqda. Obhavo xizmati turli meteorologik maʼlumotlarni oʻlchash, yigʻish,, uzatish va ishlash b-n shugʻullanadigan murakkab kompleksdir. Bu maʼlumotlar atmosferaning turli qatlamlarida havo bosimi, t-rasi va harakat tezligi, namlik, yogʻingarchilik miqdori va b. dan iborat. Gidrometeorologiyani yanada rivojlantirish uchun bu sohani avtomatlashtirish shart. Yer sunʼiy yoʻldoshlari, EHM, kompyuterlar bu sohada insonga juda katta yordam bermoqda.

Ishlab chiqarishni avtomatik boshqarish — ishlab chikarishning turli tarmoqlarini boshqarishda matematik metodlar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllash. Uning ilmiy asosi — iqtisodiy kibernetika. Odam bilan kibernetik mashinalarning munosabatiga oid uslubiy va aniq masalalarni hal qilish uning muhim vazifasidir.

Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda EHM dan tashqari, oʻnlab ixtisoslashtirilgan avtomatik kurilmalar, kompyuterlar ishlatiladi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish axborotlarni yigʻish, qayta ishlab chiqishga oid mashaqqatli ishlardan ozod qiladi, uning ijodiy rolini oshiradi, ish unumini koʻtaradi, ishlab chiqarishni boshqarish bilan band boʻlgan kishilardan boshqa maqsadlarda foydalanishga imkon beradi.

Ad.: Mansurov X., Avtomatika va paxtani dastlabki ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish, T., 1995.

Vosil Krbulov, Erkin Yoqubov.


Lotin alifbosida maqola: ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BOSHQARUV ISHLARINI AVTOMATLASHTIRISH
ROSSIYA
Mohombi - Sex Your Body
ISH HAQI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты