ISHTIXON TUMANI

ISHTIXON TUMANI — Samarkand viloyatitgn tuman. 1943-y. 18-mayda tashkil etilgan. Viloyatning Qoʻshrabot, Payariq, Kattaqoʻrgʻon, Pastdargʻom tumanlari, bilan chegaradosh. Mayd. 0,72 ming km2. Aholisi 172 ming kishi (2001). Tumanda 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Azamat, Zarband, Ravot, Fay-ziobod, Xalqobod, Chordara, Oʻrtaqishloq, Kurli, Haqiqat), bir shahar, (Ishtixon), bir shaharcha (Mitan) bor. Tuman markazi — Ishtixon sh.

Tabiati. Ishtixon tumani qadimiy Miyonqol vohasida, Zarafshon daryosining ikki tarmogʻi — Oqsaryo va Qoradaryo oraligʻida joylashgan. Shim. qismi adir va qirlardan iborat. Nurota togʻlarining jan. yon bagʻridagi tekislik bilan tutashgan. Tuman hududidan Miyonqol, Qora-suv, Xatirchi, Yangikent, Xonming kabi kanallar oʻtadi. Ekin maydonlari Yangikent va Xoʻjaariq kanallaridan sugʻoriladi. Iqlimi kontinental. Vegetatsiya davri 120—150 kun. Yillik yogʻin 350 mm. Oʻrtacha t-ra iyulda 27°, yanv. da —1,9°. (1969-y. da eng past t-ra — 27° qayd etilgan). Tuproqlari tipik boʻz, allyuvial oʻtloq, oʻtloqi va oʻtloqi-bot-qoq tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, oqquray, jiyda, doʻlana, chakanda, zira, chuchukmiya va b. oʻsadi. Hayvonlardan boʻrsiq, boʻri chiyaboʻri, tulki, quyon, qushlardan tustovuq, bedana, qorabovur, turna, laylak uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tojik, koreys, ukrain, tatar, arman va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 238 kishi (2001). Shaharliklar 18,1 ming kishi, qishloq aholisi 153,9 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumandagi korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan. Paxta tozalash z-di (Mitan), gʻisht, konserva z-dlari, «Alnosir» qoʻshma korxonasi mavjud, 138 kichik va xususiy korxona, firma va aksiyadorlik ja-miyatlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman hududidan Toshkent — Buxoro avtomobil yoʻli (40 km) oʻtadi. Ishtixon — Kattaqoʻrgʻon, Ishtixon — Mitan — Oqtepa va b. yoʻnalishlarda avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Tuman q. x. da paxtachilik asosiy oʻrin egallaydi. Tuman shirkat, dehqon-fer-mer xoʻjaliklari gʻallachilik, pillachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, polizchilik, sabzavotchilik b-n ham shu-gʻullanadi. Paxta 11,7 ming ga, gʻalla 7,0 ming ga maydonga ekiladi, qariyb 1,5 ming ga tokzorlar bilan band. Tumanda 21 shirkat va ijara xoʻjaligi, fer-merlar uyushmasi bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Ishtixon tumanida 100 ga yaqin umumiy taʼlim maktabi, 60 dan ziyod jamoat kutubxonasi, 30 ga yaqin klub, bir necha madaniyat uylari, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi bor. Ishtixonda tuman markaziy kasalxonasi (570 oʻrin, 305 vrach, Mitan shaharchasida filiali bor), 24 qishloq vrachlik punkti, qishloq vrachlik ambulatoriyalari, poliklinikalar xizmat koʻrsatmoqda. «Mingyongʻoq» sanatoriysi mavjud. 1934-y. dan «Ishtixon ovozi» tuman gaz. chiqadi (adadi 2300).


Lotin alifbosida maqola: ISHTIXON TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: I harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
PAYARIQ TUMANI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты