JAGʻ

JAGʻ — 1) hayvonlarda oziqni tutib turish va maydalash funksiyasini bajaradigan aʼzo. Boʻgʻimoyoqlilarda Jagʻ funksiyasini shaklan oʻzgargan bosh oʻsimtalari: oyoqjagʻlar, mandibulalar, maksillalar, xemitseralar, pedipalpalar (oyoqpaypaslagichlar) bajaradi.

2) Jagʻogʻizli hayvonlar va odamda — yuz skeletining bir qismi. Jagʻ evolyutsiya jarayonida dastlab baliqlarda hosil boʻlgan. Togʻayli baliqlarning togʻaydan iborat birlamchi Jagʻi plakoid tangachalardan vujudga keladi. Suyakli balikdar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar hamda qushlarda yuqori va pastki Jagʻning keyingi qismida ikkilamchi Jagʻ hosil boʻladi. Suyakli baliqlardan boshlab yuqori Jagʻ ikkilamchi hisoblanadi. Birlamchi yuqori Jagʻ bosh skeletining tanglay qismiga siljiydi; sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda tishlarini yoʻqotadi. Ayrim hayvonlar Jagʻ ida tishlar boʻlmaydi; ular oʻrniga muguz tumshuq hosil boʻladi (qushlar). Odamda yuz skeletidagi eng yirik suyak. Yuqori va pastki Jagʻ larga boʻlinadi. Yuqori Jagʻning alveolyar oʻsigʻida va pastki Jagʻ tanasining tepa qirralarida tishlar turadigan katakchalar bor. Yuqori Jagʻ (bir juft) murakkab tuzilgan burun, koʻz kosasi va ogʻiz boʻshliqlarini hosil qilishda faol qatnashadi. Uning tanasi va 4 ta oʻsigʻi bor, chakka osti va qanottanglay chuqurlarining tuzilishida ishtirok etib, yuzning hamma suyaklari b-n birlashadi.

Pastki Jagʻ (toq) — juda qattiq va yoʻgʻon suyak. U chakka suyagi bilan boʻgʻim tuzib birlashadi, ogʻizni ochib-yumish va yon tomonga harakat shu boʻgʻimda bajariladi. Pastki Jagʻ suyagi bagʻrida kanal boʻlib, undan tomir va nervlar oʻtadi. Yuqori Jagʻ kasalliklaridan gaymorit, pastki Jagʻda esa osteomiyelit va suyak sinishi koʻproq uchraydi (yana q. Tish).


Lotin alifbosida maqola: JAGʻ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TISH
BALIQLAR
SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты