JAHON AXBOROT AGENTLIGI

«JAHON» AXBOROT AGENTLIGI — Oʻzbekistan Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot agentligi. 1995-y. 8 noyab. da tuzilgan. Asosiy vazifasi — xorijiy mamlakatlarni Oʻzbekistonning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayoti toʻgʻrisida oʻz vaqtida, malakali xabardor qilish uchun milliy axborot agentliklari va xalqaro axborot markazlari bilan doimiy aloqani taʼminlash; respublika hayotiga oid axborot byulletenlari, maʼlumotnomalar, kataloglar, bukletlar, gaz. va jur. lar nashr etish, kompyuter, foto hamda audio-vizual mahsulotlari tayyorlash va chet ellarda tarqatish; xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, jahon bozori konyunkturasi, xalqaro tashkilotlar, Oʻzbekiston bilan xamkorlik qilishdan manfaatdor boʻlgan yetakchi xorijiy kompaniyalar va firmalarning faoliyati toʻgʻrisida axborot toʻplash va uni respublikada ommalashtirishdan iborat. «Jahon axborot agentligi»a. a. Rossiya, Belgiya, Xitoy, Misr, Turkiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH, Hindiston, Germaniya mamlakatlarida oʻz xodimlariga ega. Ular elchixonalarda matbuot kotibi vazifasini bajarish b-n birga «Jahon axborot agentligi» a. a. ning oʻz muxbiri hisoblanadi. Barcha mintaqalarda «Jahon axborot agentligi» a. a. ning hamkorlari bor. Ulardan olinayotgan xabarlar Oʻzbekiston matbuoti sahifalarida muntazam yoritiladi. «Jahon axborot agentligi»a. a. ning tarkibiga tezkor axborot agentliklari va xalqaro axborot markazlari bilan aloqa, reklama va marketing, tarjima xizmatlari (boʻlimlari) kiradi.


Lotin alifbosida maqola: JAHON AXBOROT AGENTLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA
XITOY
HINDISTON
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты