JEBE NOʻYON

JEBE NOʻYON, Jaba, Jeba, Jebe, Chjebe (12-a. oxiri — 13-a. 1-yarmi) — Chingizxonning atoqli sarkarda — nuyenlaridan biri. Nirun qabilasining yisut urugʻidan. Chingizxonga qoʻshilguncha tayjiut qabilasi boshliqlaridan sanalgan Qadan tayjining oʻgʻli Tudaning xos yigiti boʻlgan. Jebe noʻyonning lashkarboshilik salohiyatini yuqori baholagan Chingizxon uni oʻta masʼuliyatli harbiy amaliyotlarga tayinlagan, jumladan, 1216-y. ning koʻklamida naymanlar xoni Kuchluqga qarshi oʻgʻli Joʻji va Jebe noʻyon boshchiligida 20 ming kishilik qoʻshin joʻnatgan. Bu qoʻshin zafar bilan qaytayotganda Irgʻiz daryosi boʻyidagi jangda Muhammad Xorazmshohning 60 ming kishilik qoʻshiniga roʻbaroʻ kelgan. Chingizxonning Shim. Xitoyga yurishi (1211) paytida Jebe noʻyon Jurja viloyatining yirik shahri Tunkinni egallash uchun joʻnatilgan. Jebe noʻyon oʻziga xos harbiy taktik usul qoʻllab shaharni egallaydi. Shu yili Chamchil darasiga kirish yoʻlini qoʻriqlash topshirilgan Jebe noʻyon xitoyliklarning Udun qoʻmondonligidagi askariy qismlariga qoʻqqisdan hujum qilib, ularni tor-mor keltiradi. 1220-y. Movarounnahrni istilo qilish chogʻida Chingizxon 20 ming kishilik qoʻshin bilan Jebe noʻyon va Subutoy bahodirni yurtni tark etgan Muhammad Xorazmshohni taʼqib etish va uning tasarrufidagi Arron, Ozarbayjon, Eron va Shirvon yerlarini zabt etishga joʻnatgan. Ular dastavval Iroqi ajamning Har, Simnon, Ray, Qum, Hamadon, Qazvin, Ozarbayjonning Tabriz, Marogʻa, Naxichevan, Sarob, Ganja, Baylakon kabi sh. larini egallashgan. Gurjilar (gruzinlar)ning 30 ming kishilik qoʻshinini harbiy hiyla bilan yakson etgan Jebe noʻyon va Subutoy bahodir qoʻshini Shirvonshoxlar sulolasining bosh shahri Shamoxiy (Shemaxa)ni gʻorat qiladi va Darbanddan oʻtib, Shim. Kavkazga alanlar yurtiga bosib kiradi, ularning qarshiligini sindirib, qoʻqqisdan qipchoqlarga hujum qiladi. Omon qolgan qipchoqlar Rus yerlariga qochishga majbur boʻlishgan. Qish mavsumini qipchoqlarning sersuv yaylovlarida oʻtkazgan Jebe noʻyon va Subutoy bahodir Qrimning jan. dagi Sugʻdaqni zabt etadi. Kalka jangida rus knyazlari va qipchoqlarning birlashgan qoʻshinini yenggan moʻgʻullar ruslarning koʻpdan koʻp shaharlarini gʻorat qilganlar, soʻngra Volga-Kama Bulgʻoriyasish qattiq qarshilikka duch kelgach, orqaga qaytib, Qoraqurumga qaytayotgan Chingizxonga kelib qoʻshilganlar.

Ad.: Rashidad-Din , Sbornik letopisey, t.1, Kniga vtoraya, M. — L., 1952; Shixabad-Din Muhammadan-Nasav i , Jizneopisaniye sultana Djalalad-Dina Mankburnы, Baku, 1973; Bartold V. V., Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya, Soch., t. 1, M., 1963.

Hamidulla Dadaboyev.


Lotin alifbosida maqola: JEBE NOʻYON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MOʻGʻULLAR ISTILOSI
XITOY
JALOLIDDIN MANGUBERDI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты