JEMINAY

«JEMINAY» (Gemmi) — ikki oʻrinli kosmik kemalar nomi (AQSH). Yer atrofidagi orbitada uchirishga moʻljallangan. Ogʻirligi 3,2 t dan 3,8 t gacha. «Jeminay» germetik kapsula (qoʻnish apparati), kabina, asboblar boʻlmasi va tormozlash dvigatelidan iborat. Kapsulaning diametri 2,25 m, uz. 5,70 m. Kabina hajmi 2,33 m3. Orbitada boshqa apparatlarga yaqinlashish tizimi ham bor. Astronavtlarning 14 kun yashay olishiga moʻljallangan. Bortidagi apparatlar issiqlik elementlari vositasida energiya bilan taʼminlanadi. «Jeminay» faqat suvga qoʻndiriladi. «Jeminay»da oʻtkazilgan asosiy tadqiqotlardan biri shuki, dunyoda ikkinchi marta (kosmonavt A. A. Leonovdyan keyin) ochiq kosmosga chiqish masalasi tekshirib koʻrildi («J-4», E. Uayt). 1965-y. 23-martdan 1966-y. 11-noyabrgacha boʻlgan vaqt mobaynida 10 ta «Jeminay» uchirilgan, ularda 16 astronavt parvoz qilgan, ulardan 5 kishi (E. Uayt, Yu. Sernan, M. Kollinz, R. Gordon, E. Oldrin) parvoz paytida kemadan tashqariga chiqib, ochiq kosmosga chiqishga doir masalalarni tekshirib koʻrdi.


Lotin alifbosida maqola: JEMINAY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: J harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KOSMONAVTIKA
KOSMONAVT
TOSHKENT
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты